O‘zbekistonda yana bir operator 5G texnologiyalarini tatbiq etdi!

  •   DiMaX
  •  1916
  •  12.05.2021 11:03

O‘zbekistonda yana bir operator 5G texnologiyalarini tatbiq etdi!

Bir yarim yilcha avval Ucell uyali aloqa operatori O‘zbekistonda ilk bor tijoriy 5G tarmog‘ini ishga tushirishini e’lon qilgan edi. 2021 yilning 8 aprel sanasidan esa mobil aloqaning beshinchi avlodi – 5G yangi texnologiyasi foydalanuvchilarga taqdim etildi!

O‘QING: O‘zbekistonda 2G, 3G, 4G va 5G texnologiyalari: Tezkor internetga ulash qanday ketyapti?

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi Huawei hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI)ning «aqlli» qishloq xo‘jaligi loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda kompaniya rasmiy sayti xabar bermoqda.

O‘tgan yili milliy operator jahon standartidagi telekommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining yangi bosqichiga aylangan 5G tarmog‘ining muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilishi va ishga tushirilishi haqida e’lon qildi. Joriy yilda Huawei kompaniyasi va TIQXMMI o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik haqidagi Memorandumi doirasida 5G texnologiyalari, jihozlar Interneti, aqlli uzatgichlar va katta xajmdagi ma’lumotlarni intellektual platforma asosida boshqarish, monitoring qilish va qayta ishlash tizimlaridan foydalangan holda aqlli qishloq xo‘jaligi loyihasini ishga tushirmoqda. Loyihaning o‘ziga xos xususiyatlari va datchik ma’lumotlarini diversifikatsiya qilish va ularni keyingi tahlil qilish uchun saqlash kabi muhim jihatlar; masofaviy monitoring va boshqarish, shuningdek ma’lumotlarni intellektual qayta ishlashda UZTELECOM milliy operatori ushbu loyihadagi texnik yordam va 5G texnologiyalarini tatbiq etdi.

«Aqlli qishloq xo‘jaligi» loyihasini tadbiq qilish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish darajasini oshirish, hosilning holatini nazorat qilish va boshqarishni soddalashtirish, ob-havo haroratini, tuproqning namligini, sug‘orish tizimlarining holatini tahlil qilish hisobiga tashqi muhitning hosilga ta’sir qilish ehtimoli darajalari haqida ogohlantirish, shuningdek real vaqt tartibida «aqlli» maydondan video-ma’lumot olish imkonini beradi.

Loyiha TIQXMMI mutaxassislari va professor-o‘qituvchilari tomonidan «O‘zbektelekom» AK «O‘zMobayl» filialining mobil tarmog‘idan foydalangan holda, Huawei kompaniyasining ekspert va texnik ko‘magi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

O‘QING: AQSh allaqachon 3G tarmoqlarini ham yopyapti

UZTELECOM har doim O‘zbekiston aholisini qo‘llab-quvvatlaydi va mamlakatning eng chekka joylarida xalqqa yuqori sifatli uzluksiz aloqani taqdim etadi va ushbu loyiha talab qilinadigan mahalliy ishlab chiqarishlardan birining ravnaqi va rivojlanishi uchun Kompaniya tarmoqlarining texnik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 2019 yilda 5G baza stansiyalarining birinchi sinovlari paytida 1,9 Gbit/s.gacha bo‘lgan ma’lumotlar uzatishning eng yuqori tezligi qayd etilgan edi.

UZTELECOM innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda va turli sohalarda raqamlashtirishni joriy etishda davom etmoqda va bu borada Respublikaning vazirliklari va idoralari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qiladi.

O‘QING: «O‘zbektelekom» ofislarida smartfon va aksessuarlar ham sotilyapti – foizsiz va 12 oygacha muddatli to‘lov!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!