O‘zbekistonda Yandex xizmatlariga yagona obuna – Yandex.Plus yo‘lga qo‘yildi

  •   DiMaX
  •  21851
  •  29.04.2020 17:58

O‘zbekistonda Yandex xizmatlariga yagona obuna – Yandex.Plus yo‘lga qo‘yildi

Yandex kompaniyasi yurtimizda o‘z xizmatlariga obuna Yandex.Plusni yo‘lga qo‘ydi. Obuna bo‘yicha 5000 dan ortiq film va seriallar, 60 milliondan ziyod musiqiy trek va podkastlar mavjud. Bundan tashqari, har bir obunachi Yandex.Diskda qo‘shimcha joy va taksi xizmatida chegirmaga ega bo‘ladi.

O‘QING: Telegram va WhatsApp raqibi – «Yandeks.Messenjer» taqdim etildi!

«O‘zbekiston aholisi ikki yildan buyon bizda musiqa tinglashmoqda, – deydi Yandex.Music’ning xalqaro rivojlanish rahbari Amir Bektemirov. – Bizda O‘zbekistonda yashovchi musiqiy muharririmiz bor, katalogda mamlakatning mashhur ijrochilari ko‘p.

Bugun biz bizning foydalanuvchilarimizni hursand qilamiz: musiqaga oldingi obuna bahosida kinoni qo‘shamiz. Xuddi shu pul evaziga odamlar bir qator imtiyozlarga ega bo‘lishadi».

Kino va musiqadan tashqari, obunachilar quyidagilarga ega bo‘lishadi:

  • Yandex.Taksi’da «Qulay» va «Biznes» tariflari bo‘yicha doimiy 10% chegirmaga – u harakatlanish cheklovlari yechilishi bilan amal qilishni boshlaydi;
  • Yandex.Disk’da qo‘shimcha 10 gigabayt va istalgan tarifda joy xarid qilishga 30% chegirma.

Yandex.Music obunachilari allaqachon «Plyus»da – ular unga avtomatik ravishda ega bo‘lishdi. Qolganlar esa Yandex.Plus’ni istalgan vaqt rasmiylashtirishlari mumkin. Birinchi uch oy obuna 599 so‘m, keyinchalik oyiga – 15 999 so‘m. Obuna to‘lovini UzCard kartasi yordamida amalga oshirish mumkin.

O‘QING: Mishustinning birgina so‘zidan so‘ng «Yandeks» aksiyalari tarixiy maksimumdan oshib ketdi