O'zbekistonda yil oxirigacha milliy ijtimoiy tarmoq chiqarilishi mumkin

O'zbekistonda yil oxirigacha milliy ijtimoiy tarmoq chiqarilishi mumkin

Innovatsion rivojlanish vazirligi mamlakatimizda zamonaviy, xalqaro darajadagi, hamda, innovatsion ijtimoiy tarmoq yaratish maqsadida milliy messenjer va ijtimoiy tarmoqlar yaratish maqsadida respublika miqyosida "startap" loyihalar tanlovini e'lon qildi.

Ma'lum bo'lishicha, loyiha tashabbuskoridan o'z loyihasining asoschisi bo'lishi (agar kompaniya bo'lgan taqdirda uning asosiy ulushdori bo'lishi) talab qilinadi. Tanlov uchun arizalarni yuridik va jismoniy shaxslar ham taqdim etishi mumkin.

Loyihalar - ularning qanchalik innovatsionligi yoxud respublikada avval qo'llanilmagan yangi texnologiyalardan foydalanilganligi darajasi, texnik jihatdan mukammalligi, loyiha jamoasining malakali mutaxassislardan shakllantirilganligi, shu bilan birga, kiritilgan mablag'lar tavakkalchiligini kamaytirib, qo'shimcha foyda keltirishi va boshqa mezonlarga ko'ra baholanadi.

Ta'kidlash joizki, taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat'iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko'chirmachilikka (plagiat) yo'l qo'yilmaganligi va boshqalar bo'yicha dastlabki texnik ekspertizadan o'tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2022-yilning 31-iyulidan boshlangan va bu 1-oktabrgacha davom etadi.

O'QING: O‘zbekistondagi kiberxavfsizligi kuchli bo‘lgan top 10 tashkilotlar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!