O‘zbekistonda yuzni tanish texnologiyasini joriy etishga Xitoy yordamlashadi

  •   DiMaX
  •  752
  •  17.07.2019 13:05

O‘zbekistonda yuzni tanish texnologiyasini joriy etishga Xitoy yordamlashadi

Yurtimizdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar Xitoy yordamida yuzni tanish texnologiyasini O‘zbekistonda joriy etmoqchi. Bu haqda Podrobno.uz nashriga tayanib Minbar xabar bermoqda.

O‘QING: O‘zbekiston-Xitoy yangi qo‘shma korxonasi: «Xavfsiz shahar» majmuasida Huawei texnologiyalari

Xabarda aytilishicha, Toshkent ko‘chalarida yuzni tanish texnologiyasini tatbiq etish bo‘yicha Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan muzokara olib borilmoqda. Ichki ishlar ma’sullariga ko‘ra, Xitoy kompaniyasi bilan dastlabki kelishuvga erishilgan, loyiha ilk bosqichlarda turibdi.

«Bu tizim «Xavfsiz shahar» loyihasining asosiy elementlaridan bo‘lishi mumkin. Buning uchun Toshkent chorrahalarida o‘rnatilgan kameralar dasturini o‘zgartirish va boshqaruv markazini sozlash kerak bo‘ladi, xolos», – degan Podrobno nashri manbasi.

Yuzni tanish texnologiyasi sohasida Xitoy kompaniyalari dunyoda eng ilg‘or o‘rinlarni egallagan. Xitoy hukumati mamlakatdagi ulkan CCTV kameralarda ishlatiladigan yuzni tanishni takomillashtirishga katta mablag‘ sarflaydi.

O‘QING: Kuzatuv tizimi endi kishilarni yurishidan ham taniydigan bo‘ldi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!