O‘zbekistondagi birinchi «IT Park» ishga tushdi!

O‘zbekistondagi birinchi «IT Park» ishga tushdi!

Kecha, 24 iyul kuni O‘zbekistondagi birinchi dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki – «IT Park»ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Avvalroq, ushbu marosimga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgani haqida aytib o‘tgandik.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, AKT vazirining birinchi o‘rinbosari Olim Umarov, Hindiston dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parklari jamiyati (STPI) direktori janob Omkar Ray, «IT Park» direktori Farhod Ibragimov va boshqalar ishtirok etdi.

Terabayt.uz jamoasi Facebook'dagi sahifamiz orqali tarixiy jarayonni jonli ravishda namoyish qildi. Shu yerga kirib ushbu videoni tomosha qilishingiz mumkin.

Tantanali kecha mehmonlari «IT Park» bo‘ylab ekskursiya davomida mamlakatda startaplarni rivojlantirishga qaratilgan eko-muhit va infratuzilma bilan tanishishdi.

«IT Park»ning qabul hay’ati tomonidan tanlab olingan birinchi startap loyihalarga alohida e’tibor qaratildi. Tanlovdan o‘tgan dastlabki 15 ta startaperlar orasida:

  • Akseleratsiya dasturi bo‘yicha loyihalar: Fastago – Igor Kim; Document Scanner – Shuhrat Zaxidov; Electronic Shelf Label – Muzaffar Mahkamov; Agromart – Akbar Boboxonov; Arzon Apteka – Danik Kamilov; Meteostation – Vladimir Alatarsev.
  • Inkubatsiya dasturi bo‘yicha loyihalar: Revisor – Islomali Nuraliyev; Event – Shoxruxxon Umarov; Altmed – Maxmudjon Sodiqov; Worklance – Bekzodxon Maxkamov; Delivera – Aziz Qurbonov, Spherra – Rustam Yuldashev, AydaTuda – Vladislav Vavilov; Patient Monitor – Murod Axunov; LockerPost – Rustam Asimov.

Marosimda birinchi startap loyihaga O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov sertifikat topshirdi.

Ma’lumot uchun:

«IT Park» – istiqbolli startap loyihalarini yo‘lga qo‘yish va ularni bozorga olib chiqishga xizmat qiladigan, fan va ta’lim muassasalari bilan integratsiyalashuv orqali amalga oshirishga mo‘ljallangan majmua bo‘lib, u zarur bino, inshoot va uskunlarni o‘z ichiga oladi. «IT Park» faol iqtidor egalarini huquqiy, buxgalteriya, marketing va ilmiy-pedagogik masalalarda qo‘llab-quvvatlash orqali o‘z biznes loyihalarini chinakam biznesga aylantirish uchun barcha imkoniyat beradigan maskandir.

O‘QING: Terashop.uz’da sichqoncha va klaviaturalar narxlari (2019 yil 24 iyul)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!