O'zbekistondagi eng ommabop saytlar qaysi?

O'zbekistondagi eng ommabop saytlar qaysi?

Hostinger jamoasi dunyoning har bir mamlakatida eng ko'p tashrif buyurilgan veb-saytlar xaritasini tuzdi. Albatta, natijalardan Google, YouTube va Facebook olib tashlangan, chunki ular shubhasiz eng yuqori o'rinlarni band qilishi aniq.

Umumiy ma'lumotlarga ko'ra, Wikipedia platformasi dunyodagi 43 mamlakatda eng ko'p kiriladigan sayt hisoblanar ekan. Shuningdek, Twitter ijtimoiy tarmog'i esa 10 ta mamlakatlarda, Amazon onlayn do'koni AQSh va yana uchta mamlakatlarda eng ommabop deb topilgan.

Foto: hostinger.com

O'zbekistonga keladigan bo'lsak, mamlakatimizda eng ko'p tashrif buyuriladigan veb-sayt kun.uz ekanligi ma'lum bo'ldi. Natijalar faqat bank sohasi bilan filtrlanganda bank.uz, moda bo'yicha zara.com, oziq-ovqat bo'yicha esa russianfood.com veb-saytlariga eng ko'p tashrif buyurilishi aniqlangan.

Yuqoridagi jadval yordamida siz dunyodagi qaysi mamlakatda qaysi veb-sayt eng ommabop ekanligini bilib olishingiz mumkin.

O'QING: Dunyo miqyosida kompyuterga bo‘lgan talab tushib ketmoqda