O'zbekistondagi eng taniqli aloqa operatori qaysi?

O'zbekistondagi eng taniqli aloqa operatori qaysi?

Ledokol Analytics jamoasi 2022-yilning yanvaridan apreligacha bo‘lgan davrda ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonning mobil aloqa operatorlarining taniqliligi reytingini taqdim qildi, deya xabar bermoqda PR.uz.

Ulashilgan reytingga ko'ra, bugun kunda O'zbekistondagi eng taniqli aloqa operatori UzMobile ekanligini ko'rish mumkin. Undan keyingi ikkinchi o'rinni esa publikatsiyalarda ko'proq tilga olinganligi uchun Ucell kompaniyasi band qilgan. Qolgan 3-6 o'rinlarini mos ravishda Beeline, MobiUz, Humans, Perfectum Mobile operatorlari egallagan.

Ma'lum bo'lishicha, operatorlarning eng ko'p eslab o'tilishi O'zbekistondagi eng taniqli platforma, Telegram messenjerida qayd etilgan va uning ulushi 81 foizga teng bo'lgan. Qolgan ulushning deyarli 16 foizi ijtimoiy tarmoqlarga, 2 foizi esa OAVga to'g'ri keladi.

Operatorlarning nomlari Internetda eng ko'p toshkentlik foydalanuvchilar tomonidan belgilangan bo'lib, ularning ulushi 61 foizga to'g'ri keladi.

O'QING: May oyining eng kuchli smartfonlari