O'zbekistondagi kiberjinoyatchilik holati haqida ma'lumot berdi

O'zbekistondagi kiberjinoyatchilik holati haqida ma'lumot berdi

AOKAda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilinishicha, so'nggi 3 yilda mamlakatimizda kiberjinoyatlar soni bir necha barobarga oshib ketgan.

Ta'kidlanishicha, O‘zbekistonda 25 million nafardan ortiq internet foydalanuvchilari mavjud. O‘tkazilgan tahlil natijalari esa bugungi kunda mamlakatimizda kiberjinoyatchilikni o‘sish tendensiyasi kuzatilayotganligidan dalolat beradi. Bugungi kunda eng ommalashgan kiberjinoyatlar esa quyidagicha:

  • firibgarlar plastik karta foydalanuvchilariga kelgan SMS-xabarnomadagi kodlarni to‘lovni amalga oshirish, yutuqni berish kabi bahonalar orqali egallab, undagi mablag‘larni o‘zlashtirish;
  • shaxsiy ma’lumotlarni egallash va ularni oshkor qilish bilan qo‘rqitib tovlamachilik qilish (kibertovlamachilik);
  • ijtimoiy tarmoqda zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, haqorat, suisid holatlari (kiberbulling) va boshqalar.

Xorijiy davlatlar (Turkiya, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari) tajribasiga ko'ra, internetdagi tahdidlarga qarshi kurashishdagi eng samarali usuli - bu aholida internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish orqali ularni ehtimoliy xavflardan barvaqt ogohlantirish bo'lib, shu maqsadda Ichki ishlar tomonidan fuqarolar o'rtasida faol targ'ibotlar o'tkazilgan va bunday tadbirlar bilan aholini yanada kengroq qamrab olish uchun maqsadida IIV Kiberxavfsizlik markazi tomonidan “Kiber-yordamchi” platformasi ham ishlab chiqilgan.

O'QING: Apple eski modeldagi iPhone'larni atayin sekinlashtirganlikda ayblanmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!