O‘zbekistondagi kiberxavfsizligi kuchli bo‘lgan top 10 tashkilotlar

O‘zbekistondagi kiberxavfsizligi kuchli bo‘lgan top 10 tashkilotlar

"Kiberxavfsizlik markazi" davlat unitar korxonasi, 2022 yilning 2 choragiga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda axborot xavfsizligi ta’minlanganligi bo‘yicha reytingni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Adliya vazirligi 97.3 ball bilan yetakchilik qilmoqda:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi - 97.3 ball
  2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki - 97 ball
  3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi - 95.2 ball
  4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi - 95.1 ball
  5. "O‘zsanoatqurilishbank" aksiyadorlik tijorat banki - 95.1 ball
  6. Farg‘ona viloyati xokimligi - 94.6 ball
  7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi - 92.6 ball
  8. Navoiy kon-metallurgiya kombinati - 92.3 ball
  9. Toshkent shahar xokimligi - 91.9 ball
  10. Namangan viloyati xokimligi - 91.7 ball

Ma’lum bo‘lishicha, baholash Kiberxavfsizlik markazining axborot va kiberxavfsizlik monitoringi tizimidagi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslangan.

O‘QING: One UI 5.0 ommaviy sinovga chiqarildi! 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!