O‘zbekistondagi qaysi operatorning interneti eng tez ishlaydi?

O‘zbekistondagi qaysi operatorning interneti eng tez ishlaydi?

Beeline Uzbekistan Ookla tomonidan O‘zbekistondagi eng tezkor mobil internetli operator deb topildi.

Beeline o‘z saytida bu haqda shunday yozadi:

«Beeline Uzbekistan» eng yaxshi mobil tarmog‘i, eng tez mobil tarmog‘i va eng yaxshi mobil tarmoq qamroviga ega bo‘lgan operator sifatida internetni sinovdan o‘tkazish va tahlil qilish bo‘yicha jahon yetakchisi – «Ookla® Speedtest Awards™»ning uchta mukofotini qo‘lga kiritdi.

Iste’molchilar tashabbusi bilan mobil va keng polosali tarmoqlarda internetga ulanish tezligini o‘lchaydigan dunyoga mashhur «Ookla®»dan «Speedtest®» ilovasi 2021 yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha O‘zbekistondagi mobil tarmog‘i sifati va qamrovi reytingini e’lon qildi.

Internet tezligini foydalanuvchilar butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘z smartfonlaridan o‘lchaydilar. Bu eng to‘liq va ob’yektiv ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Internetni sinovdan o‘tkazish va tahlil qilish bo‘yicha jahon yetakchisi – «Ookla®» O‘zbekistondagi eng tezkor mobil aloqa tarmog‘ini aniqlash uchun Speedtest® saytida o‘tkazilgan 160 mingdan ortiq foydalanuvchi testlarini taqqosladi.

«Speedtest» natijalari — kompaniyaning mamlakatning barcha hududlarida 4G tizimini ishga tushirish bo‘yicha tinimsiz mehnati tufayli erishilgan «Beeline Uzbekistan» pozitsiyalarining muhim tasdig‘idir.

«Bu yangilik biz uchun shu yilda nishonlanadigan kompaniyaning 15 yilligiga ajoyib sovg‘a bo‘ldi. Ayniqsa, O‘zbekistondagi «Beeline» tarmog‘i internetni sinovdan o‘tkazish va tahlil qilish bo‘yicha jahon yetakchisi tomonidan eng tezkor sifatida e’tirof etilgani quvonarlidir. Biz internetni mamlakatda eng tez va sifatli bo‘lishini ta’minlash uchun ko‘p ishlar qildik. O‘tgan yili, pandemiya sharoitida, abonentlarning masofaviy ishlashga o‘tishi tufayli tarmoqdagi yuklanish keskin oshganida, biz butun mamlakat bo‘ylab tarmoqlar o‘rnatish va modernizatsiya qilishni tezlashtirdik va hozir ham shunday shiddat bilan tarmoqni rivojlantirish ustida ishlamoqdamiz. Biz buni uddalaganimizdan xursandmiz va ishontirib aytamiz, mijozlarimiz har doim bizga ishonishlari mumkin!» - dedi «Beeline Uzbekistan» bosh direktori Andrzej Malinovski.

Ma’lumot uzatish xizmatlaridan foydalanadigan «Beeline Uzbekistan» abonentlari soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Ushbu tendensiyaga muvofiq, kompaniya raqamli foydalanuvchilar uchun yangi xizmatlarni taklif qilmoqda. Mobil internetning yuqori tezligi sizga onlayn-videolarni ko‘rish va yuqori sifatli videoaloqadan foydalanish, katta hajmli fayllarni tez yuklab olish va biznes uchun raqamli xizmatlardan foydalanish imkonini beradi. «Beeline Uzbekistan» abonentlari nafaqat mobil Internetdan maksimal tezlikda foydalanishadi, balki trafikni o‘z smartfonlari orqali do‘stlari va oilasi bilan bo‘lishishlari mumkin.

Hozirda «Beeline» tarmog‘ida yuklashning o‘rtacha tezligi 17,7 Mbit/s, ma’lumotlarni yuklash tezligi esa 9,12 Mbit/s. Bunday ko‘rsatkichlar tarmoqning faol rivojlanishi bilan bog‘liq: yil boshidan kompaniyaning texnik jamoasi 1300 dan ortiq baza stansiyalarni ishga tushirdi va modernizatsiya qildi, shundan 870 dan ortiq baza stansiyalari — 4G. Alohida e’tibor tarmoq yetkazilishi qiyin bo‘lgan hududlarda aholini aloqa bilan ta’minlashga qaratilmoqda. Shu maqsadda yil boshidan beri 50 dan ortiq tayanch stansiyalar ishga tushirildi. Baza stansiyalarning aksariyati Farg‘ona vodiysida qurilgan – ular 600 dan ortiq, bu yillik rejaning 47% tashkil etadi. Shuningdek, Toshkent va Toshkent viloyatida - 280 baza stansiyalar (yoki 21% ortiq) qurilgan. Buning sababi shundaki, bu hududlar ham iqtisodiy, ham sanoat nuqtai nazaridan faol rivojlanmoqda, aholi zichligi yuqori, bu telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirishga alohida e’tibor berishni talab qiladi. Iyul oyi natijalariga ko‘ra, 4G trafigi 2,25 barobar, abonentga o‘rtacha tezlik esa 1,5 barobar oshdi. Ma’lumot uzatish trafigining 80% dan ko‘prog‘i 4G tarmog‘iga to‘g‘ri keladi.

«Albatta, bunday ko‘rsatkichlarga tarmoqni rivojlantirish strategiyasini malakali rejalashtirish va tezkor amalga oshirish, butun jamoaning yaxshi muvofiqlashtirilgan ishi bo‘lmaganida erishish mumkin emas edi. Nafaqat yirik shaharlar aholisi, balki kichik aholi punktlari uchun ham zamonaviy raqamli xizmatlardan foydalanishlari biz uchun doimo ustuvor vazifa bo‘lib kelgan va bo‘lib qolmoqda. Biz bu sohada yetakchilikni saqlab qolish uchun xar doim harakat qilamiz va abonentlarimiz eng tez mobil aloqa tarmog‘iga, hamda, bozordagi eng innovatsion xizmatlarga ega bo‘lishlarini istaymiz» – deya izoh beradi «Beeline Uzbekistan» bosh direktori Andrzej Malinovski.

*«Speedtest» servisini ishlab chiqargan «Ookla» ning 2021 yilning birinchi yarmidagi ma’lumotlariga ko‘ra, «Beeline Uzbekistan» o‘z mijozlarini mamlakatdagi eng tez mobil interneti bilan ta’minlamoqda. Har yili butun dunyo operatorlari ichida o‘tkazilgan mobil internet sifati bo‘yicha tadqiqotlar natijalari «Ookla» saytida e’lon qilinadi.

O‘QING: Beeline va Ucell'ning 20 mingdan 70 minggacha bo‘lgan tariflarini bitta joyda taqqoslaymiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!