O‘zbekistonga elektromobil importi 2 yilda 10 karra oshdi

  •   DiMaX
  •  425
  •  15.02.2021 09:13

O‘zbekistonga elektromobil importi 2 yilda 10 karra oshdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekistonga xorijdan 131 ta elektromobil import qilingan. Bu xususda qo‘mitaning Axborot xizmati rahbari Usmon Abdurasulov o‘zining rasmiy kanali orqali xabar bermoqda.

O‘QING: Porsche elektrokari tezlik bo‘yicha jahon rekordini yangiladi! (video)

Xabarga ko‘ra, oxirgi yillarda O‘zbekistonga quyidagicha miqdorlarda elektrokarlar olib kelingan:

  • 2018 yilda – 13 ta
  • 2019 yilda – 39 ta
  • 2020 yilda – 131 ta

Xo‘sh, elektromobillarni O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan import qilgan?

  • Xitoydan – 92 ta
  • Koreya Respublikasidan – 13 ta
  • Gruziyadan – 7 ta
  • AQShdan – 7 ta
  • Germaniyadan – 5 ta
  • Boshqa davlatlardan – 7 ta

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilda import qilingan elektromobillar uchun 2,9 million AQSh dollari sarflangan.

O‘QING: O‘zbekistonda faqat elektromobillar ishlab chiqarilishi mumkin