O‘zbekistonlik 5 muvaffaqiyatli kibersportchi

O‘zbekistonlik 5 muvaffaqiyatli kibersportchi

Kibersport butun dunyo bo‘ylab keng ommalashib bormoqda. O‘zbekistondan ham sportning ushbu yangicha turi bilan shug‘ullanuvchi iste’dodlar yetishib chiqqan. Quyida ularning eng mashhur va omadlilari bilan tanishamiz.

Sanjar SANJI Quliyev, @xdsanji

Sanjar Quliyev — professional kobersportchi, o‘z karerasini 2009 yilda boshlagan. Syman Gaming jamoasi tarkibida o‘ynagan.

Hozirda u Qozog‘istonning AVANGAR jamoasi tarkibida o‘ynaydi. Sanjar AVANGAR bilan BLAST Pro Series Moscow 2019 chempioni bo‘ldi, Berlindagi Counter-Strike: Global Offensive musobaqasida esa ikkinchi o‘rinni egalladi.

Akbar SoNNeikO Bo‘tayev, @sonneiko_of_the_laputa

Akbar yosh bo‘lishiga qaramay, Dota 2 tajribali o‘yinchisi, uning iste’dodi MDH tashqarisida ham tan olingan. U Power Reynjers, Vega Squadron kabi mashhur jamoalarda o‘ynashga muvaffaq bo‘lgan.

Akbar 2016 yilda Ukrainaning Natus Vincere jamoasi tarkibida 100 ming dollar yutib olgan. So‘ngra, jamoani tark etgan, ammo 2018 yilda jamoaga yana qo‘shildi. Dream League turnirida esa ikkinchi o‘rinni egalladi.

Server CEKKA Kerimov, @cekka_k

Server CEKKA Kerimov Counter Strike: Global Offensive'da professional o‘yinchi. 2018 yil iyun-oktyabr oylarida u Qozog‘istonning Syman Gaming jamoasi tarkibida o‘ynagan. U Moskvadagi Mid.tv Cybercup'da ikkinchi o‘rinni egallagan.

Salohiddin Esanov

Salohiddin — O‘zbekiston terma jamosining kibersportchisi. 2019 yilning martida Xitoyda o‘tkazilgan kibersport bo‘yicha Jahon chempionatida qatnashgan. Salohiddin Pro Evolution Soccer 2019 turnirida Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan yagona ishtirokchi bo‘ldi.

Yaqinda Salohiddin World Electron Sports Games 2019: Central Asia - Pro Evolution Soccer 2020 musobaqasida g‘olib chiqdi.

Salohiddin Elektron sport o‘yinlari: Markaziy Osiyo -Pro Evolyusiya 2020 musobaqasida ham g‘olib bo‘lgan.

Jama James Abdurashitov, @jamesfissure

Jama Abdurashitov — Dota2 professional o‘yinchisi. O‘zbekiston terma jamoasi va Rossiyaning Imperial Pro Gaming komandasi tarkibida o‘ynaydi.

O‘QING: TOP-10: 2019 yilning eng zo‘r videoo‘yinlari (The Verge reytingi)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!