O‘zbekistonlik dasturchi O‘zAga zo‘r taklif bilan chiqdi

  •   DiMaX
  •  3149
  •  12.02.2020 17:04

O‘zbekistonlik dasturchi O‘zAga zo‘r taklif bilan chiqdi

Axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis Alisher Tadjiyev O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga o‘ziga xos murojaat bilan chiqdi. Telegram’dagi «Qoʻshni mahalla» kanali yozmoqda.

O‘QING: Dasturchilar «16 million yevrolik» ishni ikki kunda bepul qilib berib, vazirni ishdan olib tashlashdi!

«Assalomu alaykum, hurmatli O‘zbekiston Milliy Axborot Agentligi!

Men ko‘p yillik tajribamga tayanib, Sizlarning saytingizni yanada takomillashtirib, davlatimiz byudjetiga 5,4 milliard so‘mlik foyda keltirmoqchiman.

Saytingizni qilib berishda O‘zbekistondagi eng yuqori malakaga ega bo‘lgan kompaniyalarda ishlaydigan do‘stlarim (senior’lar) ham ko‘maklashadi.

Faqat bir iltimos bor, shu ajratilgan summaning barchasini homiylik asosida kontrakt pulini to‘lashga qiynalgan talabalarga ajratsangiz.

Biz jamoamiz bilan tayyormiz!» – deb yozgan dasturchi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zA axborot portali yaratish va unga zarur texnikalarni sotib olish uchun 5,4 milliard so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan Vazirlar Mahkamasi farmoyishini muhokamaga qo‘ygan edi.

P.S. Ayrim mutaxassislarning fikriga ko‘ra, O‘zA nazarda tutayotgan axborot portalini yaratish 100-150 million so‘mga tushadi.

O‘QING: «Mening fikrim» portalida «propiska»ga doir petitsiyalar qabul qilinmayapti (video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!