O‘zbekistonlik tiktoker layk uchun 26 yillik qabrni kavladi (+video)

  •   DiMaX
  •  3747
  •  11.06.2021 09:03

O‘zbekistonlik tiktoker layk uchun 26 yillik qabrni kavladi (+video)

So‘nggi paytlarda zararli virus kabi tarqalgan TikTok ijtimoiy tarmog‘i yoshlar orasida keraksiz illatlarni tarqatmoqda. Shulardan yana biri haqida Aniq.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: 14 yoshli TikTok-bloger qiz nogiron opasini o‘ldirib qo‘ydi

Mazkur ijtimoiy tarmoq domiga ilinganlar layk uchun, o‘zlarining ta’biri bilan aytganda «podpiska» uchun duch kelgan ahmoqgarchilikka qo‘l urishmoqda. Mana, quyidagi lavhada yigitlar 1995 yili dafn etilgan marhumning qabrini ocha boshlashgan:

Avvalroq Samarqandda ikki yigit TikTok’da layk yig‘ish uchun o‘zini tomdan tashlagan edi. Undan oldinroq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev «TikTokerlarni cheklash emas, ularga imkoniyat berish kerak!»ligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada eng serdaromad TikTok’chilar reytingida birinchi o‘rinni o‘zbek farzandi zabt etgan. Musulmon davlatlardan biri esa TikTok va yana beshta tanishuv ilovasini bloklagan.

O‘QING: «TikTok qirolichasi» – 16 yashar raqqosa tarixga kirdi!