O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi emojidan foydalanishadi?

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi emojidan foydalanishadi?

Onlayn matnli muloqot vaqtda emojilar o‘z xissiyotlarimizni suhbatdoshimizga bildirishga katta yordam beradi. Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda 3663 ta emoji mavjud bo‘lib, Crossword-Solver o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, "quvonch ko‘z yoshlari yuzi" yohud "yig‘lab kulayotgan yuz" emojisi dunyo bo‘ylab 75 mamlakatlarda eng ko‘p ishlatiladigan deb topilgan. Shuningdek, ko‘plab mamlakatlarda odamlar ana shu kulayotganligini ifodalab beradigan emojidan yoki yoqtirishni bildiradigan qizil yurak emojisidan foydalanishar ekan.

Emojilarning global ishlatilishiga qarab o‘lchamlarda ko‘rsatilgan grafik vizualizatsiyasi. Muallif: crossword-solver.io

2022-yil fevral oyiga ko‘ra, 9 million geotvitlar yordamida o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqdagi O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Eron, Ozarbayjon, Iroq,Turkiya, Yaman mamlakatlarida yashovchilar ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p "kulayotgan", Afg‘oniston, BAA, Oman, Iordaniya, Isroil, Lebanon, Suriya mamlakatlaridagilar esa qizil yurak emojilarini ishlatishadi. Shuningdek, Turkmaniston, Tojikiston va qatarliklar o‘z bayroqlari emojisidan eng ko‘p foydalanishsa, Qozog‘istonda pushti yurak, Quvaytda esa "qadash" emojisi eng mashhur hisoblanadi.

Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarida eng ko‘p ishlatiladigan emojilar. Muallif: crossword-solver.io

Saudiya Arabistonida esa biron kimga qizil yurak emojisini yuborish "bezorilik" deb hisoblanar va bu uchun jinoyatchi 100,000 Saudiya riyalida ($26,650) jarimaga tortilishi yoki ikki yillik qamoq jazosi berilishi mumkin ekan. Shuning uchun, saudiyaliklar oq yurak emojisidan eng ko‘p foydalanishadi va mamlakat dunyodagi yagona "oq yurak" emojisi qiroli hisoblanadi.

Mamlakatlarda eng ko‘p ishlatiladigan emojilar. Muallif: crossword-solver.io

Dunyo bo‘ylab qolgan mamlakatlarning ayrimlari milliy g‘urur bilan o‘zlarining bayroqlari emojisini boshqalaridan ustun ko‘rsa, ayrimlarida iltimos (yoki ibodat), yig‘layotgan yuz yoki yerga yumalab kulish eng taniqli hisoblanadi. Yaponlar "yorqin uchqunlar"dan, laosliklar esa "yurakchali yuz" emojisidan foydalanishlari bilan boshqalardan ajrab turishadi. Lekin hech qaysi emoji kulayotgan yuz va qizil yurak emojisi kabi eng ko‘p tarqalmagan.

O‘QING: Endi chet tillarini o‘rganishga hojat yo‘q!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!