O'zbekistonliklar megabaytlarini nimalarga ko'proq ishlatadilar?

O'zbekistonliklar megabaytlarini nimalarga ko'proq ishlatadilar?

O‘zbekistonliklar ko‘pincha Google'dan qidiruv tizimi sifatida, Telegram'dan messenjer sifatida, YouTube'dan esa videoxosting sifatida foydalanishadi, deya xabar bermoqda kapital.uz nashri Humans aloqa operatori ekspertlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib.

Mutaxassislarning fikricha, joriy yil boshidan buyon o‘zbekistonliklar 20 ming terabaytdan ortiq mobil trafikni sarflashga muvaffaq bo‘lishgan. Fuqarolar umumiy trafikning 42 foiz qismini YouTube'da video tomosha qilish, 33 foizini Telegram'da suhbatlashish va qolganini ijtimoiy tarmoqlarda tasmalarni aylantirishga sarflashgan.

Videoxosting saytlari orasida foydalanuvchilarning 81 foizi YouTube uchun eng ko'p trafik sarflaganlar. Ikkinchi o'rinni Facebook va undan keyingi o'rinlarni esa biroz farq bilan Instagram va VK egallagan.

O'zbekistonliklar musiqa striming xizmatlaridan kam foydalanishiga shubha qilmasa ham bo'ladi: atigi 10 foiz foydalanuvchilar Apple Music'dan, 0.7 foiz Yandex Music'dan va 0.3 foiz esa Spotify'dan qo'shiq tinglashadi.

Messenjerlarga kelganda o'zbeklar eng ko'p (80%) Telegram'dan foydalanishlariga ajablanmasa ham bo'ladi, chunki u foydalanish uchun qulay bo'lgani sabab, yurtimizda eng keng tarqalgan ilovadir. Tezkor xabar alishishda ikkinchi o'rinni WhatsApp (22%) va undan keyinni esa Meta kompaniyasining yana bir xizmatlaridan biri - Facebook Messenger (6%) band qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar haqida gapiradigan bo'lsak, odamlarning 37 foizi Instagram'da, 29 foizi Facebook'da va 12 foizi (O'zbekistonda bloklanganiga qaramay) TikTok'da lentani aylantiradilar.

Qidiruv tizimlariga kelsak, shubhasiz Google birinchilikni qo'lga kiritgan, uni 76% foydalanuvchilar ishlatishadi. Ikkinchi o'rinda Yandex (20%). Qizig'i shundaki, uchinchi va to'rtinchi o'rinda, Bing, DuckDuckGo yoki Yahoo qidiriruv tizimlari emas, balki, 1.3 foiz foydalanuvchilar Xitoyning Baidu tizimidan, 0.7 foizi esa Rambler qidiruv tizimidan foydalanadilar.

O‘QING: Google'ning ilk smartsoati tez orada chiqariladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!