O‘zbekistonning «Koronavirus info» kanalini Telegram rasman tasdiqladi

  •   DiMaX
  •  1741
  •  17.03.2020 11:41

O‘zbekistonning «Koronavirus info» kanalini Telegram rasman tasdiqladi

Yurtimizda koronavirus infeksiyasining tarqalishi va unga qarshi ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha aholini to‘g‘ri, xolis va aniq ma’lumotlardan tezkor xabardor qilish juda muhim. Ayni shu maqsadda «Koronavirus info» (@koronavirusinfouz) rasmiy kanali ochilgan edi.

O‘QING: Xakerlar va firibgarlar koronavirusdan foydalanib, plastik kartalardan pul o‘g‘irlashmoqda!

Telegram kompaniyasi bugun mazkur kanalga ko‘k rangdagi «verified» (tasdiqlanganlik) belgisini berdi, deb yozadi bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Ta’kidlash kerakki, «Koronavirus info» kanali O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida tashkil qilingan.

Ushbu kanal ma’lumotlarida ko‘rsatilishicha, aloqa uchun @bot_askcoronauz botidan, shuningdek, 71 276-49-66 hamda 1003 telefon raqamlaridan foydalanish mumkin.

Barcha OAV jurnalistlari va blogerlarni ushbu kanalni birinchi manba sifatida foydalanilishi hamda unda tarqatilayotgan xabar va yangiliklarni keng yoritib borishda hamkorlikka chaqiramiz, deb yozadi bloger.

O‘QING: Endi siz ham koronavirus tufayli YouTube’da pul ishlab olishingiz mumkin!