«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi TOP-o‘nlikka kirdi

  •   DiMaX
  •  663
  •  10.02.2021 16:03

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi TOP-o‘nlikka kirdi

Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil sarhisobi natijasida «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi respublika bo‘yicha eng ko‘p soliq tushumlarni amalga oshirgan yirik soliq to‘lovchilar o‘rtasida joy oldi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘z rasmiy sayti orqali xabar bermoqda.

O‘QING: O‘zbekistonda 2G, 3G, 4G va 5G texnologiyalari: Tezkor internetga ulash qanday ketyapti?

Umumiy byudjetga kelib tushgan soliq tushumlardan Milliy aloqa operatoring ulushi 2 foizga teng keldi. Bu esa «O‘zbektelekom» AKning mahalliy AKT bozorida ahamiyatli o‘rnini egallashi va davlat rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotganidan dalolat beradi.

Demak, 2020 yilda eng ko‘p soliq to‘laganlar TOP-o‘ntaligi:

  1. «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi
  2. «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ
  3. «O‘ztransgaz» AJ
  4. «O‘zbekneftgaz» AJ
  5. «O‘ZBAT» AJ QK
  6. «Lukoil»
  7. «O‘zavto Motors» AJ
  8. «O‘zbektelekom» AJ
  9. «Hududgazta’minot» AJ
  10. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi MChJ

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, o‘tgan 2020 yil yakunlariga ko‘ra, respublika miqyosida jami soliq tushumlari miqdori 103,6 trillion so‘mni tashkil etgan. Shundan 67,7 trillion so‘m miqdordagi soliq tushumlari aynan yirik soliq to‘lovchilar tomonidan amalga oshirilgan.

O‘QING: Bu operator xizmatlariga endi ID-karta yordamida ham ulana olasiz!