«O‘zbektelekom» arzon UZCLOUD.UZ videokonferens-aloqa platformasini taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  1760
  •  10.11.2020 14:50

«O‘zbektelekom» arzon UZCLOUD.UZ videokonferens-aloqa platformasini taqdim etdi

Onlayn ish va o‘qishni tashkil etish xarajatlarini optimallashtirish uchun UZTELECOM ma’lumotlar markazi bazasida videokonferensiyalar uchun qulay va ko‘p tarmoqli platforma xizmatlarini taklif etadi. Yana bir muhim jihati shundaki, bu xizmat mahalliy «Uz-IX» va «TAS-IX» tarmoqlarida tashkil etilgan bo‘lib, xizmatlarning sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deyiladi «O‘zbektelekom» saytidagi xabarda.

O‘QING: TAS-IX uchun to‘plamlar: narx o‘zgarmasdan, megabaytlar ko‘paymoqda!

Bulutli UZCLOUD.UZ video-konferens-aloqa xizmatlarining funksional imkoniyatlari juda ham xilma-xil va bu esa buyurtmachiga osonlik bilan Onlayn-dars, Onlayn-ofis hamda Onlayn-konferensiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

Bu hali hammasi emas! Kompaniya foydalanuvchilar uchun qulay va arzon tarif rejalarini ham taklif etadi:

  • Har bir tarif reja uchun konferensiyaning davomiyligi cheklanmagan va 5 GB hajmdagi bulutli ma’lumotlarni saqlash joyi taqdim etiladi.

Bunda:

  • Konferensiya tashkilotchisi videokonferensiyani boshqarish bo‘yicha barcha huquqlarga ega.
  • Ishtirokchilar teng huquqli ravishda muloqot qilish, ish stolini namoyish etish va konferensiya tashkilotchisi tomonidan ruxsat etilgan har qanday funksiyalardan foydalanishlari mumkin.
  • Boshlovchining videosi barcha konferensiya ishtirokchilariga videooynalarda uzatiladi.
  • Fayllar va konferensiyani yozib olish uchun disk maydoni taqdim etiladi.
  • Barcha tarif rejalarida konferensiyani yozib olish hajmi tarif rejasi bo‘yicha ruxsat etilgan hajmdan oshib ketgan hollarda, konferensiya yozuvini 24 soat davomida yuklab olish mumkin bo‘ladi. 24 soat o‘tgach, yozuv o‘chiriladi.

O‘QING: «Cheksiz yoz» aksiyasi kuzda ham davom etadi!

«Qulay video-konferens-aloqa» aksiyasida ishtirok eting va xizmatlarni to‘liq 30 KUN BEPUL sinovdan o‘tkazing!

Muayyan mijozlar video-konferens-aloqa platformasining imkoniyatlari va sifatini sinab ko‘rishlari uchun, UZTELECOM 2020 yil 30 noyabrga qadar «Qulay video-konferens-aloqa» maxsus aksiyasini o‘tkazmoqda.

Aksiya doirasida «BEPUL ONLAYN-DARS» va «BEPUL ONLAYN-OFIS» tarif rejalaridan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.

Aksiyali tarif rejalardagi xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi hududida, https://uzcloud.uz sahifasida ro‘yxatdan o‘tgan barcha jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin.

«BEPUL ONLAYN-DARS» aksiyali tarifi bo‘yicha 40 nafargacha o‘quvchilar ishtirokida 30 kun davomida BEPUL videokonferensiya o‘tkazish imkoniyati taqdim etiladi. Shu bilan birgalikda, konferensiya davomiyligi cheklanmagan va 1 GB hajmdagi bulutli ma’lumotlarni saqlash joyi taqdim etiladi.

Biznes uchun maxsus «BEPUL ONLAYN-OFIS» aksiyali tarif rejasi joriy etildi, bunda 30 kun davomida 4 nafar xodimgacha video-konferensiya o‘tkazish imkoniyati mutlaqo bepul taqdim etilmoqda. Shu bilan birga, konferensiya davomiyligi cheklanmagan va 1GB hajmdagi bulutli ma’lumotlarni saqlash joyi taqdim etiladi.

Ishtirokchilar uchun hech qanday ro‘yxatdan o‘tish zarur emas – eng foydali funksiyalar hamda imkoniyatlardan foydalanib qoling!

Tugmani bir bosish bilan video-uchrashuvlarni o‘tkazing. Arzon, xavfsiz, qulay!

Batafsil ma’lumot https://uzcloud.uz saytida.

O‘QING: Cheksiz internetgacha taklif etuvchi to‘rtta yangi tarif rejasi chiqdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!