«O‘zbektelekom» barcha operatorlar abonentlarini ogohlantirmoqda

  •   DiMaX
  •  4854
  •  09.07.2020 10:42

«O‘zbektelekom» barcha operatorlar abonentlarini ogohlantirmoqda

Vaqti-vaqti bilan mobil aloqa abonentlariga noto‘g‘ri ma’lumotlar ulashuvchi spam-xabarlar tarqalib turadi. UZTELECOM o‘z rasmiy sayti orqali navbatdagi spamdan ogohlantirdi.

O‘QING: Bugun hech kimning tug‘ilgan kuni emas! Buni hammaga tarqating va «bonus»ga ega bo‘ling!

Xabarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda internet tarmog‘ida quyidagi mazmundagi xabar tarqalishi kuzatilmoqda:

Bugun soat 6:00 dan 20:00 gacha Ucell, Beeline va Uzmobiledan akciya bolip otadi. Buni 3 ta gruppaga tarqating. Yarim soattan keyin 40000GB ga ega bolasiz. *999# terip GB tekshirip koring

Mazkur xabar spam hisoblanadi. Sizdan har xil manbalardan keladigan bunday xabarlarga ishonmasligingizni so‘raymiz! Kompaniyaning joriy aksiyalari haqidagi barcha ma’lumotlar bizning uztelecom.uz rasmiy saytimizda taqdim etilgan.

Tushunganingiz uchun rahmat, deyiladi «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi xabarida.

O‘QING: iPhone’larda SMS-spamdan qutulishning osongina yo‘li bor!

Saytimiz xabarlarini Odnoklassnikidagi sahifamizda kuzatib boring!