«O‘zbektelekom» ofislarida smartfon va aksessuarlar ham sotilyapti – foizsiz va 12 oygacha muddatli to‘lov!

  •   DiMaX
  •  3055
  •  28.04.2021 09:33

«O‘zbektelekom» ofislarida smartfon va aksessuarlar ham sotilyapti – foizsiz va 12 oygacha muddatli to‘lov!

UZTELECOM butun respublika bo‘ylab sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarini modernizatsiya qilish hamda yangilash bo‘yicha yirik loyhalarni amalga oshirishni davom ettirmoqda. Bu esa mamlakat telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish yo‘lidagi yana bir qadamdir, deyiladi «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi xabarida.

O‘QING: 1 maydan barcha operator va provayderlar uchun internet xizmatlari 30 foizgacha arzonlashmoqda

 Poytaxtning ikki nuqtasida – Chilonzor (manzil: Chilonzor-M dahasi, Kichik Halqa Yo‘li ko‘chasi, 8A) va Mirzo Ulug‘bek (manzil: Sayram ko‘chasi, 7-proyezd, 2-uy) tumanlarida shinam va yangilangan sotuv ofislari abonentlar uchun o‘z eshiklarini ochdi.

Qayta to‘liq ta’mirlangan ofislarning xususiyatlar shundaki, unda mijozlarga keng aloqa xizmatlaridan tashqari, STARS RETAIL bilan hamkorlikda eng zamonaviy abonent qurilmalarini sotib olish taklif etiladi. Dunyoning ilg‘or smartfon ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari, ko‘plab aksessuarlar va eng keng turdagi quvvatlash qurilmalari, simlar, akkumulyator va boshqa zarur ashyolar mujassam.

Bularning muhim jihati shundaki, barcha mahsulotlar sertifikatlangan bo‘lib, qonuniy ravishda mamlakatga olib kelingan (IMEI-kodlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan) va kerakli kafolatli xizmat bilan ta’minlanadi.

O‘QING: UZIMEI binosidagi «bardak» haqida bloger: «Buni o‘ylab topganlar – islohotlarning dushmani!»

Shuningdek, smartfon sotib olayotganda xaridor uch turdagi muddatli to‘lovlarga ega bo‘lishi ham mumkin:

  • Muddatli to‘lov – 3 oyga, oldindan to‘lovsiz va foizsiz;
  • Muddatli to‘lov – 6 oyga, 20% qo‘shimcha qiymat bilan;
  • Muddatli to‘lov – 12 oyga, 30% qo‘shimcha qiymat bilan.

Muddatli to‘lovlarning barcha turlarida oldindan to‘lov mavjud emas. Muddatli to‘lovni olish uchun pasportning asl nusxasi va yil bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida Ma’lumotnoma taqdim etish zarur.

Toshkentning Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida yangilangan sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislari «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha «ikki karra» faoliyat yuritadi. Bir joyning o‘zida abonentlar telekommunikatsiya xizmatlarining barcha turlariga ulanishlari, to‘lovni amalga oshirishlari va servisdan foydalanish imkoniga ega, shuningdek dunyo brendlarining abonent qurilmalarini xarid qilishlari ham mumkin.

Yangilangan ofislarda kompaniya abonentlari UZTELECOM Milliy operatorining barcha xizmatlaridan hech bir istisnosiz uy Internetidan tortib to mobil aloqagacha bir joyda teng ravishda tez hamda qulay tarzda ulashlari mumkin.

O‘QING: 25 maygacha «IKKI KARRA INTERNET» olishingiz mumkin!