«O‘zbektelekom» yana bir tarifida internet tezligini ikki karra oshirdi!

  •   DiMaX
  •  2674
  •  05.08.2019 09:06

«O‘zbektelekom» yana bir tarifida internet tezligini ikki karra oshirdi!

Uzonline brendi ostida aholiga va yuridik shaxslarga internet xizmatlarini taqdim etib kelayotgan «O‘zbektelekom» aksionerlik jamiyati internet tezligini oshirishda davom etmoqda. Avvalroq internet-provayder UNLIM 40 tarif rejasi abonent to‘lovi narxini 22 foizga pasaytirgan bo‘lsa, keyin tezligi UNLIM 10 va UNLIM 20 tariflarida ikki barobargacha oshirilgan, so‘ng esa UNLIM 4 va UNLIM 6 tariflarida 150 foizga ko‘tarilgan edi.

O‘QING: Internet ulatish uchun endi uydan chiqish ham shart emas!

«O‘zbektelekom» o‘z sayti orqali ma’lum qilishicha, 2019-yil 5-avgustdan boshlab kompaniya «TEZNET 2+» tarif rejasiga o‘zgartirish kiritdi. Unga ko‘ra, ulanish texnologiyasiga qarab, internetga ulanish tezligi 4 Mbit/soniyagacha oshiriladi va Tas-IX hamda Uz-IX tarmoqlariga ulanish tezligi 100 Mbit/ soniyagacha oshiriladi.

 2019-yil 5-avgustdan boshlab «TEZNET 2+» tarif rejasidan foydalanuvchi abonentlar yangi ulanish tezligidan foydalanish imkoniga ega bo‘lishadi. Abonent to‘lovidagi o‘zgarishlarsiz ulanish tezligi 4 Mbit/soniyani tashkil etadi; avval esa bu ko‘rsatkich 2 Mbit/soniya bo‘lgan.

O‘QING: Internet narxi muntazam pasayib boradi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!