«O‘zbektelekom» yana xizmatlar sifati yomonlashuvi va uzilishlardan ogohlantiryapti

  •   DiMaX
  •  610
  •  20.07.2020 16:27

«O‘zbektelekom» yana xizmatlar sifati yomonlashuvi va uzilishlardan ogohlantiryapti

Yurtimizda ko‘rsatilayotgan telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiya qilish bo‘yicha «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi muntazam tarzda rejali ishlar olib boradi. Ulardan ba’zilarini amalga oshirish jarayonida tarmoqda ayrim nosozliklar kuzatilishi mumkin.

O‘QING: «O‘zbektelekom» barcha operatorlar abonentlarini ogohlantirmoqda

UZTELECOM rasmiy saytida e’lon qilingan xabarnomaga ko‘ra, bu borada navbatdagi rejalashtirilgan ishlar 2020 yilning 24 iyul kuni qilinadi. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan bu ishlar o‘sha kuni soat 01:00 dan 08:00 gacha o‘tkaziladi.

«O‘zbektelekom»ning ogohlantirishicha, ushbu davrda taqdim etilayotgan xizmatlar sifati yomonlashuvi va uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirib chiqarilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz, deyiladi xabarnomada.

O‘QING: Yangi bepul xizmat: internetdan hozir foydalaning, haqini ertaga to‘laysiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!