«O‘zbektelekom»ning nayrangini dasturchi fosh etdi!

  •   DiMaX
  •  14837
  •  01.08.2020 11:42

«O‘zbektelekom»ning nayrangini dasturchi fosh etdi!

Hozirda ko‘pchilik uyali aloqa operatorlarimiz o‘z abonentlari uchun daqiqalarni megabaytlarga va aksincha yo‘nalishda almashtirish xizmatini taklif etmoqda. Masalan, «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi Uzmobile filialining «Foydali almashinuv» xizmati shartlari bilan mana bu yerda tanishish mumkin.

O‘QING: Mobil operator naq 50% dan 70% gacha «QAYNOQ ChEGIRMALAR»ni taklif etyapti!

O‘zbek dasturchilaridan biri shu xizmatning xususiyatlari bilan qiziqib ko‘rib, undagi nayrangni payqab qoldi va buni Facebook tarmog‘ida e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Uzmobile’ning ushbu xizmati orqali daqiqalarni eng ko‘pi bilan 500 megabaytlik trafikka almashtirish mumkin:

Ko‘rib turganingizdek, bitta shunday almashtirishda abonentdan 500 daqiqadan tashqari, 6000 so‘m mablag‘ ham yechib olinadi.

O‘QING: «O‘zbektelekom» barcha operatorlar abonentlarini ogohlantirmoqda

Dasturchining yozishicha, 1500 megabayt olish uchun abonentdan jami 1500 daqiqa va yana 18000 so‘m yechib olinadi. Undan ko‘ra 1500 megabaytlik internet-to‘plamning o‘zini alohida xarid qilsangiz, arzonga tushar ekan – 15000 so‘m, tag‘in daqiqalaringiz yoningizga qoladi!

Tushunyapsizmi, daqiqalarni megabaytlarga almashtirib berishda UZTELECOM mobil aloqa abonentlaridan ortiqcha 3000 so‘m va yana naq 1500 daqiqani olib qo‘yayotgan ekan!

Umid qilamizki, uyali aloqa operatorlari narxlarni qayta ko‘rib chiqib, abonentlardan bu kabi ortiqcha pul yechib olishlarga chek qo‘yadilar.

O‘QING: Mobil operatorlar bizdan nimani yashirmoqda?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!