O‘zimizni elektron moslamalardan uzoqlashtirishni o‘rganamiz

O‘zimizni elektron moslamalardan uzoqlashtirishni o‘rganamiz

Hozirda, internet ish va ijtimoiy munosabatlar tashkil etish vazifasini bajarmoqda. Biroq virtual hayotingiz real hayotingizga salbiy tasir o‘tkazyotgan bo‘lib tuyilishi ham mumkin. Agar ijtimoiy tarmoq, xabar almashish va turli xil elektron qurilmalardan foydalanishni cheklamoqchi bo‘lsangiz, quyidagi maslahatlarimiz sizga qo‘l kelishi mumkin.

Uydagi muhitni yaratish

1. Kompyuteringizni ish uchun moslangan xonada yoki ofisingizda qoldiring. Yotoqxona va uydagi boshqa xonalar elektron moslamalardan holi bo‘lishi kerak.

2. Quvvatlash moslamalarini ham ish uchun mo‘ljallangan xonada qoldiring. Agar biror-bir qurilmani quvvatlamoqchi bo‘lsangiz, bu ishni ham aynan shu xonada bajaring. Chunki quvvatlagichdan chiqayotgan past tovushlar ham dam olishingizga xalal berishi mumkin.

3. Yotog‘ingizda elektron buyumlar sonini qisqartiring. Xonaga telefon, planshet yoki televizor kabi buyumlarni olib kirmang. Ushbu qurilmalar ekrani ko‘k nur tarqatadi va bu uxlashingizga ta’sir qilishi mumkin. Aksariyat odamlar bunday qurilmalardan ko‘p foydalanganlari sababli to‘yib uxlay olmaydilar.

4. Bo‘sh ish kuningizda budilnikni o‘chirib qo‘ying. Har hafta bir necha marta ertalab budilnik yordamisiz uyg‘onsangiz, ushbu holat o‘zingizni tetik his qilishingizga yordam beradi. Agar to‘yib uxlamagan bo‘lsangiz, internet uchun sarflaydigan bir necha soat vaqtingizni dam olishga ajrating.

• Katta yoshli odamlar kuniga 7-8 soat uxlashsa, asabiy holatlardan uzoq bo‘ladilar va o‘zlarini tetik his qiladilar. To‘yib uxlamaslik insonlarning asabiy va ishtiyoqsiz bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi.

5. Internetdan 30—60 daqiqa foydalanganingizda sizni ogohlantiradigan taymer yuklab oling. Siz elektron vositalardan ortiqcha foydalanayotgan bo‘lishingiz mumkin, chunki internetdan foydalanyotganingizda vaqt tez o‘tib ketganini sezmay qolasiz.

O‘QING: Qanday qilib internetdan xavfsiz foydalanish mumkin? (1-qism) 

Elektron qurilmalarni talab qilmaydigan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullaning

1. Tez-tez dush qabul qiling. Bu sizni tetiklantirishga yordam beradi. Shuningdek, kitob, gazeta va jurnallar o‘qing.

2. Do‘stlaringiz bilan uchrashing va ular bilan vaqtni birga o‘tkazing. Agar ko‘rishishning iloji bo‘lmasa, ularga qo‘ng‘roq qiling. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda xabar almashmang.

3. Sayohat qiling. Shahar yoki shahar atrofida sayr qiling. Tabiat qo‘ynida sayr qilish aslida muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini yaxshilab, miyani tinchlantirishiga yordam beradi. Sayr paytida telefondan foydalanmang.

4. Sport bilan shug‘ullaning yoki sport musobaqlarida ishtirok eting.

5. «Yolg‘izlik qal’asini» yarating. Haftada bir kunni tanlab shu kunda hech qanday elektron qurilmadan foydalanmang va bu haqida oila a’zolaringiz va do‘stlaringizni ogohlantiring. Kitob o‘qing yoki biror hunarmandchilik turi bilan shug‘ullaning.

6. Agar xobbiyingiz bo‘lsa, unga har kuni biroz vaqt ajrating. Agar yoqtirgan mashg‘ulotingiz bo‘lmasa, o‘zingizga mos bo‘lgan mashg‘ulot o‘ylab toping.

7. Har yili kamida ikki haftalik ta’tilga chiqing va buni oldindan rejalashtirib qo‘ying. Ta’tilda biror bir joyga borib hordiq chiqarish shart emas. Shunchaki, uyda ham maroqli dam olsa ham bo‘ladi.
 
O‘QING: O‘z sog‘ligingizga bee’tibor emasmisiz? Unda, siz uchun muhim bo‘lgan 10 ta ilova bilan tanishing!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!