"O‘zing pishirgan oshni o‘zing yema"

Facebook kabi platformalar yaratuvchilari bunday tarmoqlar kishilarni o‘ziga kuchli jalb qilish uchun yaratilganligini tan olgan. Biz ham bu kabi direktorlardan o‘rnak olib, ijtimoiy tarmoqlardan butunlay voz kechishimiz kerakmi? O‘zi bu oddiy odamlar qo‘lidan keladimi?

Mark Sukerberg Facebook'dan siz bilan biz qatori foydalanmaydi. Bloomberg'ga ko‘ra, 33 yoshli bosh ijrochi direktorning 12 nafar moderatori bo‘lib, ular aynan Sukerbergning sahifasidan izohlar va spamlarni o‘chirish bilan shug‘ullanadi. Yana uning postlar va nutqlar yozib turuvchi bir nechta ishchisi; Kentukidagi urush qatnashchilari, Missuridagi kichik biznes egalari yoki Filadelfiyadagi chizburger sotuvchilari bilan uchrashuvlarini mukammal darajada tasvirga oluvchi bir nechta professional fotograflari bor.

Facebook asoschisi Mark Sukerberg

Facebook'ning yopiqligi sabab oddiy foydalanuvchilar Sukerberg yilnomasidagi shaxsiy postlarni ko‘ra olmaydi.

Lekin bunday kishilar ro‘yxati faqat Sukerberg bilan cheklanmaydi. Kompaniyaning yuqori darajadagi direktorlarining hech qaysinisi Facebook'da faolligi "normal" emas. Ularga do‘stlashish so‘rovini yubora olmaysiz, kamdan-kam ommaviy postlar qo‘yishadi, avtomatik ravishda ommaga ko‘rinib turishi kerak bo‘lgan ba’zi ma’lumotlar (masalan, tarmoqdagi do‘stlari soni) ni ham yashirin saqlashadi.

Twitter hamasoschisi Jek Dorsi

Twitter'da ham xuddi shu holat. Kompaniyaning eng yuqori darjadagi 9 ta direktoridan to‘rttasi o‘rtacha hisobda kuniga bitta tvit qoldiradi. Tarmoqning moliya bo‘yicha bosh direktori Ned Segal saytdan olti yildan beri foydalanib keladi va oyiga ikkitadan sal ko‘proq post qo‘yadi. Twitter'ning hamasoschisi Jek Dorsi nisbatan faol foydalanuvchi bo‘lib, sayt yaratilganidan buyon 23 000 atrofida tvit qoldirgan. Vaholanki, bu tarmoqda o‘rtacha darajada faol bo‘lgan foydalanuvchi qoldirishi mumkin bo‘lgan postlar sonining yarmidan ham kamroq.

Dorsi begonalar xabarlariga deyarli javob qaytarmaydi, bahs-munozaralardan qochishga harakat qiladi. U shoularni yoki sport musoqabalarini strim qilmaydi. Aslida, uni Twitter'dan foydalanadi deb bo‘lmaydi, faqat kamdan-kam post qo‘yib turadi.

O‘QING: Facebook haqida 12 qiziq fakt