O‘zingga ehtiyot bo‘l, OpenSea'ni aybdor qilma

O‘zingga ehtiyot bo‘l, OpenSea'ni aybdor qilma

Bir necha kun oldin xakerlar mashhur NFT oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi OpenSea platformasi 32 foydalanuvchisidan 254 ta NFT'larni o‘g‘irlashgan. O‘g‘irlangan NFT'lar orasida Decentraland va Bored Ape Yacht Club tokenlari bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘irlangan NFT'lar qiymati $1.7 millionga atrofida bo‘lgan, ayrim NFT'lar esa egasiga qaytarib berilgan. 

OpenSea asoschilaridan biri va shu bilan birga bosh direktorining aytishicha ayb platformada bo‘lmagan: "Aytishimiz mumkinki, bu fishing hujumidir. Bu OpenSea veb-sayti bilan bog‘liqligiga ishonmaymiz. Aftidan, hozirgacha 32 foydalanuvchi xakerlarning zararli dasturlariga obuna bo‘lgan va ularning ba’zi NFT'lari o‘g‘irlangan”, — deb yozgan Devin Finzer o‘z akkauntida. 

OpenSea o‘zining Twitter sahifasida holat bo‘yicha o‘rganishlar olib borayotganini haqida xabar bergan va foydalanuvchilarga platformadan tashqarida havolalarga bosmaslikni aytgan. 

O‘QING: Virtual olam ishqibozlari ko‘paymoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.