Panasonic baquvvat smartfonini hamyonbop narxda chiqardi

  •   DiMaX
  •  1901
  •  18.07.2017 11:21

Panasonic baquvvat smartfonini hamyonbop narxda chiqardi

Panasonic kompaniyasi Hindistonda P55 Max smartfonini taqdim etdi. Mazkur model metall korpusga va baquvvat akkumulyatorga ega bo‘lsa-danarxi atigi 132 dollar turadi. Bu haqda Flipkart resursi ma’lumot tarqatgan.

Panasonic P55 Max qurilmasiga diagonali 5,5 dyuymga teng, HD sifatli (1280x720 pikselli) displey o‘rnatilgan. Kameralari ham chakki emas: selfi-kamera uchun 5 megapikselli, asosiy kamera uchun esa 13 megapikselli modullar tanlangan.

Telefon MediaTek MT6737 protsessorida ishlaydi, tezkor xotirasi esa 3 gigabaytga teng. 16 gigabaytlik ichki flesh-xotirasini microSD kartasi yordamida kengaytirish imkoni mavjud.

P55 Max smartfoni Android 7.0 Nougat operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Gadjet simsiz aloqaning 4G VoLTE, Wi-Fi (802.11 b/g/n), Bluetooth 4.0 hamda GPS interfeyslarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Kompaniya bu smartfonida akkumulyator borasida ham xasislik qilmagan – unga naq 5000 mA/soat sig‘imli batareya o‘rnatgan. Devaysning o‘lchamlari 152x77,6x8,7 millimetrni, vazni esa 180 grammni tashkil etadi.