Panasonic Toughbook FZ-N1 yangilandi: kaftdek keladigan planshet, lekin joni toshdan

  •   Saroy
  •  730
  •  25.07.2018 11:36

Panasonic Toughbook FZ-N1 yangilandi:  kaftdek keladigan planshet, lekin joni toshdan

Bundan ikki yil burun Panasonic  korxonalar uchun Toughbook FZ-N1 smartfonini namoyish qilgandi. Endi esa ushbu joni qattiq apparatning yangi versiyasi yanada zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanib ommaga  namoyish etildi.

Kompaniya  Panasonic Toughbook FZ-N1’ni smartfon emas, balki kaftdek keladigan biznes-planshet,  deb atashni ma’qul ko‘rmoqda. Mobil tarmoqlarga ulana olishiga qaramasdan, gadjet ijtimoiy tarmoqlardagi lentalarni varaqlashga mo‘ljallanmagan. Ushbu qurilmaning joyi aynan omborxonalarda, ishchilar qo‘lida. Chunki ular tovarlarning zahirasini yoki yuklarning harakatini nazorat qilib borishi kerak. Apparat esa aynan ushbu yumushlarda katta samara beradi. Chunki, buning uchun apparatning ichki tomonida shtrixkodlar skaneri mavjud.

O‘QING:Panasonic 125 dollarga kuchli chaqnoqli smartfon chiqardi

Avval boshda, Panasonic Toughbook FZ-N1  Android bilan yoki bortida Windows 10 Mobile bo‘lgan korporativ versiyasi bilan sotuvga chiqarilgan edi. Ularning eng so‘nggisi allaqachon nafaqaga jo‘natilgan, shu bois yangi modeli faqat Android 8.1 Oreo’da ishlaydi. Qurilmaning old tomonidan qarasangiz o‘sha 4.7-dyuymli HD-formatidagi 280x720 pikselli displeyni ko‘rasiz.  Asosiy o‘zgarishlar apparatning ichida yuz bergan, ya’ni u to‘rtyadroli protsessor o‘rniga Qualcomm’ning (4x2.2 GGs + 4x1.8 GGs,  Snapdragon 660) sakkizyadroli protsessori  bilan ta’minlandi. Apparatning tezkor xotirasi 3 GB, ichki xotirasi 32 GB.

O‘QING:Panasonic P90: chiroyli va arzon smartfon – atigi 80 dollar

Akkumulyator 3200 mAch bo‘lib, uni yechib olsa ham bo‘ladi, ichki batareyasi qurilmaning ishini 30 soniya davomida ta’minlab turadi. Yangi qurilma  MIL-STD 810G standartiga to‘la javob beradi. Apparatning joni toshday qattiq, ikki metrgacha bo‘lgan balandlikdan tushib ketsa ham unga  hech narsa qilmaydi. Qolaversa, suv va chang-to‘zondan ham IP66/IP68 standarti bo‘yicha himoyalangan. Korpusni 30 daqiqa davomida chuqurligi bir yarim metrlik suv ostida ushlab tursa ham apparat ishlashda davom davom etadi, ishonavering. Chunki bu qayta-qayta sinab ko‘rilgan.

Yaxshi matohning narxi ham o‘ziga yarasha bo‘ladi. Yangilangan Panasonic Toughbook FZ-N1 1900 dollarga narxlandi, u yaqin kunlarda sotuvga chiqariladi. Tavsifi jihatidan oddiyroq variant hisoblangan  Toughbook FZ-T1 1615 dollar turardi.

O‘QING:Avtomobil kaliti o‘tmishda qoladi: endi smartfon bilan...