Pandemiya davrida Bezos, Sukerberg, Geyts va boshqalar yanada boyib ketishdi

  •   DiMaX
  •  557
  •  22.05.2020 17:07

Pandemiya davrida Bezos, Sukerberg, Geyts va boshqalar yanada boyib ketishdi

Amerikalik milliarderlar, mamlakat global pandemiya o‘chog‘i bo‘lib turishiga qaramay, o‘z boyliklarini yanada oshirib olishdi. Bu xususda Xabar.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Milliarderlarni qo‘yaturing, ilk trillioner kim bo‘lishini ham allaqachon aytishdi!

Ikki oy ichida — 18 martdan 19 maygacha bo‘lgan oraliqda «AQShning +600 eng boy insoni» ro‘yxatida turgan kishilar birgalikda 434 milliard AQSh dollari ishlab olishdi. Mart oyida mamlakatda 614 nafar milliarder bor edi, may oyida esa ularning soni 630 nafarga yetdi.

Koronavirus pandemiyasi sharoitida eng ko‘p boyigan inson Amazon internet-do‘koni rahbari Jeff Bezos bo‘ldi (+34,6 milliard dollar). Keyingi o‘rinlarda: Facebook asoschisi Mark Sukerberg (+25,3 mlrd.), Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts (+8 mlrd.), Oracle asoschilaridan biri Larri Ellison (+7 mlrd.), Berkshire Hathaway rahbari Uorren Baffet (+564 mln. dollar).

Guvohi bo‘lganingizdek, boyiganlarning hammasi asosan texnologiya kompaniyalari xo‘jayinlari hisoblanadi. Butun dunyo bo‘ylab harakatlanishga cheklovlar o‘rnatilgani ortidan ko‘p ishlar onlaynga o‘tkazilgani uchun bu sektor yaxshi daromad keltirdi.

O‘QING: Microsoft rahbari masofadan ishlashning salbiy oqibatlarini aytdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!