Pandemiya pallasida bittagina kompaniya smartfonlari savdosi o‘sdi, tag‘in naq 25 foizga!

  •   DiMaX
  •  2065
  •  01.08.2020 17:39

Pandemiya pallasida bittagina kompaniya smartfonlari savdosi o‘sdi, tag‘in naq 25 foizga!

Xitoyda o‘tgan yili boshlangan koronavirus epidemiyasi butun dunyoga yoyilib, pandemiya darajasiga yetdi. Shu ofat sababli ishlab chiqarish sohasidagi ko‘plab mayda kompaniyalar tanazzulga uchradi, yiriklarining ham «beli bukildi». Onlayn servislar esa aksincha – rivojlanib bormoqda.

O‘QING: Zoom tarixdagi barcha rekordlarni «sindirib», birinchi o‘ringa chiqib oldi!

Canalys tahlil kompaniyasi joriy yilning ikkinchi choragi oxirdagi holatga ko‘ra jahon smartfon bozori haqidagi hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, bozorda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizlik umumiy pasayish kuzatilgan. 2019 yilning ikkinchi kvartalida 331,8 millionta smartfon sotilgan bo‘lsa, bu yilgi hisobot davrida mazkur ko‘rsatkich 284,7 milliontagacha tushgan.

Eng jiddiy pasayish esa Samsung kompaniyasida kuzatilgan – janubiy koreyalik texnogigant bu chorakda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foizga kam smartfon sota olgan.

Xitoylik smartfonsozlardan Oppo ko‘rstkichlari 16 foizga, Xiaomi savdolari 10 foizga, Huawei sotuvlari esa atigi 5 foizga pasaygan.

Yuqoridagi statistikadan ko‘rinib turibdiki, garchi Huawei eng ko‘p smartfon sotgan bo‘lsa-da, Apple mazkur ro‘yxatda o‘z savdolarini oshirgan yagona ishlab chiqaruvchi bo‘lib turibdi, tag‘in o‘sish naq 25 foizga yetgan! Bunda esa kupertinoliklarning eng arzon smartfoni – iPhone SE 2020 modelining roli katta. Yakuniga yetgan kvartalda Apple sotgan smartfonlarning naq 28 foizi aynan mana shu yangi ayfon bo‘ladi.

O‘QING: Barcha versiyalardagi iPhone 12’larning narxlari bilan bittada tanishamiz!