Pandemiyaga qaramay, nega Samsung'ning daromadlari oshib bormoqda?

Pandemiyaga qaramay, nega Samsung'ning daromadlari oshib bormoqda?

Bugun Samsung Electronics Co. korporatsiyasi joriy yilning ikkinchi choragida o‘z operatsion daromadlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23% ga o‘sgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda MarketWatch xabar bermoqda.

Ushbu o‘sish ko‘rsatkichlariga, aftidan, COVID-19 pandemiyasi davrida uydan ishlashga bo‘lgan talabning oshgani sabab shaxsiy kompyuter va serverlarga o‘rnatiluvchi xotira chiplariga ehtiyojning ham ko‘paygani sabab bo‘lgan.

Janubiy Koreyalik texnogigant aprel—iyun oylaridagi operatsion foydasi 6.8 milliard dollar bo‘lganini taxmin qilmoqda. Bu borada xulosaviy ma’lumot joriy oy oxirida e’lon qilinadi.

Tahlilchilarning fikricha, shaxsiy kompyuter va serverlarga kuchli chiplar yetkazib berishga bo‘lgan talab oshib borayotgani sabab, yarimo‘tkazgichlarning dunyodagi eng katta ta’minotchisi bo‘lgan Samsung pandemiya davrida ham foyda ko‘rishda davom etmoqda.

O‘QING: Samsung flagmanlarida yangi ishkal: ular «ochlik e’lon qildi»!