Parolingiz o‘g‘irlanganini yangi Telegram-bot orqali tekshirib ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  7010
  •  18.06.2019 12:51

Parolingiz o‘g‘irlanganini yangi Telegram-bot orqali tekshirib ko‘ring!

Turli servislarda, pochta xizmatlarida login va parollarning o‘g‘irlanishi holatlari uchrab turadi. Qozog‘istonlik axborot xavfsizligi mutaxassisi Botirjon Tyuteyev elektron pochtaning paroli o‘g‘irlanganini aniqlab beruvchi Telegram-bot yaratdi.

O‘QING: Xakerlar o‘g‘irlagan parollar orasida mening parolim bor-yo‘qligini qanday aniqlash mumkin?

MailSearchBot deb nomlanuvchi mazkur bot elektron pochta akkauntlarining parollarini «sizib chiqqan» ma’lumotlar bazalaridan izlab ko‘radi. Undan foydalanish judayam oson: mana bu havola orqali o‘tib, bot bilan muloqotni boshlaysiz. Unga tekshiriladigan email manzilini yuborasiz va biroz muddat kutasiz.

Agarda qachondir xakerlar uning parolini o‘g‘irlashgan bo‘lsa, o‘sha o‘g‘irlangan parollar ro‘yxati keladi. Bordiyu ushbu pochtangiz parolini biror martayam o‘g‘irlashmagan bo‘lsa, MailSearchBot boti hech nima topilmagani haqida xabar beradi.

Botirjon Tyuteyevning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda ushbu dasturning bazasida salkam 9 milliard juft login-parol mavjud. Agarda pochtangizning hozirgi parolini MailSearchBot topa olsa, uni tezda almashtirganingiz ma’qul, deydi dasturchi.

Darvoqe, sizga qadrdon Terabayt.uz saytida parolingizni buzish qanchalik osonligini onlayn tekshirish usuli haqida, shuningdek, parolingiz o‘g‘irlanganini Google Chrome orqali aniqlash yo‘li xususida ham maqolalar chiqqan.

O‘QING: TOP-20: Eng yomon parollar reytingi bilan tanishing! (2019 yil aprel)