Parollaringizni o‘g‘irlayotgan ushbu to‘qqizta Android-ilovani tezda o‘chiring!

  •   DiMaX
  •  1747
  •  05.07.2021 09:57

Parollaringizni o‘g‘irlayotgan ushbu to‘qqizta Android-ilovani tezda o‘chiring!

Yaqinda xakerlar tarixda eng yirik miqdorda – 8,4 milliard parolni o‘marishgan bo‘lib, biz unda sizning parolingiz ham mavjudligini tekshirish uchun havolani ham e’lon qilganmiz. Kuni kecha esa Dr.Web mutaxassislari Android tizimi uchun ishlab chiqilgan ilovalardan ayrimlari foydalanuvchilarning login-parollarini o‘g‘irlashini aniqlashdi.

O‘QING: 2020 yildagi eng yomon ELLIKTA parol: qarang-chi, sizniki yo‘qmikan bu ro‘yxatda?

Ekspertlarning ma’lum qilishlaricha, ushbu dasturlar login va parollarni Facebook ilovasi orqali o‘g‘irlovchi troyan kodiga ega. Ilovalarning ro‘yxati esa quyidagicha:

  1. PIP Photo;
  2. Processing Photo;
  3. Rubbish Cleaner;
  4. Inwell Fitness;
  5. Horoscope Daily;
  6. App Lock Keep;
  7. Lockit Master;
  8. Horoscope Pi;
  9. App Lock Manager.

Dr.Web ma’muriyati allaqachon bundan Google’ni ogoh etishgan va qidiruv giganti ularni Google Play katalogidan olib tashlagan. Biroq shu paytgacha o‘rnatib olingan smartfonlarda ushbu dasturlar o‘z faoliyatini davom ettira oladi. Shu boisdan, agarda sizda ham shulardan birortasi bo‘lsa, tezda o‘chirib tashlaganingiz ma’qul.

Bu borada akkauntingizni buzib kirishdan saqlash usullari, ishonchli parol yaratish yo‘llari, parolingizni buzish qanchalik osonligini onlayn tekshirish, parolingiz o‘g‘irlanganini tekshirib beruvchi Telegram-bot haqidagi yo‘riqnoma-maqolalarimizga ham nazar solishni tavsiya etamiz.

O‘QING: Kim «o‘g‘ri», kim to‘g‘ri?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.