Pavel Durov Apple rahbari Tim Kukni “tuzladi”

Pavel Durov Apple rahbari Tim Kukni “tuzladi”

«VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i asoschisi va Telegram messenjeri rahbari Pavel Durov o‘zining Twitter-akkauntida Apple kompaniyasini Telegram ilovasi yangilanishini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq sustkashlikda ayblab, tanqid ostiga oldi.

“Apple bahosi $750 mlrd, bo‘lgan, 115 000 dan ziyod xodim ishlaydigan kompaniya. Biroq unga Telegram ilovasining yangilanishini shunchaki tekshirib chiqishi uchun bir necha haftalab kerak bo‘lyapti. Bu marketingga zid xo‘jasizlik emasmi?”, deydi Pavel Apple rahbari Tim Kukka ishora qilib.

Aftidan, bu yerda gap Telegram’da bugundan e’lon qilingan yangi talqin, jumladan ovozli qo‘ng‘iroqning iOS tizimida qanday ishlayotganini tekshirib ko‘rish jarayoni haqida gap bormoqda. Hozircha Tim Kuk tanqidga munosabat bildirmagan.