Pavel Durov Apple'ni yana tanqid qildi

Pavel Durov Apple'ni yana tanqid qildi

Telegram asoschisi va rahbari Pavel Durov o'z blogida Apple kompaniyasini yana tanqid qildi. Bu safar Durov kupertinolik kompaniyaning Safari mobil brauzeridagi muammolarga e'tibor qaratgan.

Durovning ta'kidlashicha, Apple veb-dasturchilarni iPhone va iPad qurilmalarida nimaga qodirliklarini ko'rsatishga to'sqinlikda qiladi va shu sabab Telegram veb ilovasi ham iOS platformasida mahalliy-ilova darajasiga yeta olmaydi.

"Aprel oyida Telegram Web dasturchisi iOS Safari brauzerida Apple yillar davomida tuzatishni yoki yaxshilashni istamagan muammolarning o'ntalik roʻyxati bilan boʻlishdi (texnik tafsilotlar uchun shu yerdan tekshiring). Hatto, boshqa dasturchilar Apple'ning Safari'si Internetni o'ldirayotgani haqida shikoyat qilishgan.

Shuningdek, Durov Apple ilova egalaridan 30% komissiya undirib olish uchun o'z foydalanuvchilarini ko'proq mahalliy ilovalarni yuklab olishga majburlashi va shu sabab veb-ilovalarni qasddan buzayotganligidan gumon qilishini aytib, buning nima uchun zararli ekanligi haqida ma'lum qilganini eslatib o'tdi

Yaxshiyamki, regulatorlar nima bo'layotganini tushuna boshladilar. Bu hafta Raqobat va bozorlar boshqarmasi, Buyuk Britaniya regulyatori, (CMA) xulosa qildi:

"Apple o'zining mobil qurilmalarida o'z brauzer mexanizmining muqobil variantlarni taqiqlamoqda; bu Apple'ga xos bo'lgan cheklov. CMA raqib brauzerlarni Safari'dan o'zlarining farqlash imkoniyatlarini (masalan, tezlik va funksionallik kabi xususiyatlarda) va Apple'ning o'z brauzer mexanizmiga sarmoya kiritish uchun xohishini cheklashidan xavotirda.

Ushbu cheklov, shuningdek, individual yuklab olish o'rniga brauzerning o'zida ishlaydigan veb-ilovalarning iste'molchilar va korxonalarni ushbu innovatsion texnologiya afzalliklaridan mahrum qiladi.""

So'zining oxirida Pavel Durov bu to'g'ri xulosa bo'lganligini, tez orada tartibga solish choralari ko'rishilishiga umid qilishini aytadi va Stiv Jobs o'limidan 10 yil o'tib, bir paytlar mobil veb-tarmoqni revolyutsiya qilgan kompaniya endi unga o'zi eng katta to'siq bo'layotgani achinarli ekanligini aytadi.

O'QING: Pavel Durov rasman Telegram Premium obunasini taqdim qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.