Pavel Durov: Kreml bilan jang, sargardon umr, Telegram va qiymati oshayotgan bitkoynlari

Pavel Durov: Kreml bilan jang, sargardon umr, Telegram va qiymati oshayotgan bitkoynlari

Jahon bo‘ylab davom etgan 3 yillik sarson-sargardonchilikdan so‘ng Pavel Durov nihoyat, yashash uchun Dubayda qo‘nim topdi.

33 yoshli Durov 2014 yilda Rossiyada o‘zi asos solgan eng yirik ijtimoiy tarmoq -- VK (V Kontakte) tarmog‘ini Kremlga daxldor milliarderga sotishga majbur qilingach, mamlakatni etadi va yangi tarmoq yaratishga jiddiy kirishadi. Bu xatti-harakatlarning mevasi bo‘lgan Telegram ayni kunda 180 million nafar foydalanuvchiga ega.

"Rossiyalik Mark Zukerberg"

"Rossiyalik Mark Zukerberg" laqabini olgan Durov o‘zining Rossiyani tark etish haqidagi qarorini Rossiya hukumatining uning ishlariga hadeb burun suqishi bilan izohlaydi.

Pavelning Nikolay ismli akasi kuchli matematik hamda dasturchi sifatida nom qozongan edi. Uning o‘zi ham Rossiyaning eng oldi talabalaridan biri bo‘lgan va hatto prezident stipendiyasiga munosib topilgan.

Durov 1984 yilda Sobiq Ittifoqda tug‘ilgan. 2011 yilda u Rossiya Federal Qidiruv Byurosi VK tarmog‘idagi foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni talab qilayotganini ochiq-oydin internet sahifasida yozgach, aksariyat rossiyaliklar uchun chinakam qahramonga aylandi.

Garchi, Kremlda Pavel Durovni deyarli dushman va xoinga chiqarib qo‘yishgan bo‘lishsa ham, uning himoyalangan tarmog‘idan faol foydalanishadi.

"Telegram juda ham qulay. Biz undan oshkor qilib bo‘lmaydigan xabarlarni emas, jamoatchilik bilishi kerak bo‘lgan xabarlarni tarqatamiz. Internet hech qachon batamom xavfsiz bo‘la olmaydi", deydi Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Durov uning tarmog‘iga oid ma’lumotlar hech qachon biror bir hukumatga sotilmasligi va qattiq himoya qilinishini ko‘p ta’kidlaydi. Shuning uchun ham u doimo ta’qib ostida yashaydi va serverlari joylashgan manzillarni qattiq sir saqlaydi.

Jinsi shim va qora futbolkada tanilgan, kelib chiqishi Sankt-Peterburgdan bo‘lgan Pavel Rossiyani VK savdosidan tushgan $300 million dollar hamda 2,000 dona bitkoin bilan takr etgan. U yangi yilni yangi yirik loyiha bilan boshlashini ma’lum qilmoqda.

Uning qudratli g‘animlari!

Aytish kerakki, Durov AQSh ning nom qozongan IT-mutaxassislari, xususan Wikileaks asoschisi Julian Assanj hamda Milliy xavfsizlik agentligi xodimi Edvard Snouden bilan yaqin aloqalarda bo‘lgan. Shuningdek, bu ustasi faranglarning har ikkalasi Telegram’ning ma’lumotlarni shifrlash tizimini e’tirof qilishgan.

Twitter va Facebook taqiqlangan Eronda Telegram foydalanuvchilari soni 40 milliondan oshadi. Mamlakatda yillik sarf qilinadigan trafikning 40 foizi aynan shu tarmoq hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, Eron hukumati Telegram’ning ma’lumotni kuchli shifrlash texnologiyasi terrorchi kuchlar uchun qo‘l kelayotgani, tarmoqdagi ularning soni tobora ko‘payib borayotganini aytib, Durovni jinoiy javobgarlikaa tortgan.

Telegram foydalanuvchilari aloqa qilishlari uchun bir-birlarining telefon raqamlariga zarurat sezmaydilar. Turli operatsion tizimlarning 100 minglab foydalanuvchilari, jumladan terrorchi kuchlar ham bu xavfsiz tarmoqdan bexavotir foydalanishmoqda. Durov ularga qarshi yangi qidiruv tizimi ishga tushirilishini ma’lum qilgan.

‘Umrbod kafolat’
Yana bir jihati borki, Durov o‘z resurslariga daromad manbai sifatida qaramaydi. Uning aytishicha, Telegram tarmog‘i xayr-saxovatni ko‘zlaydi hamda siyosiy tazyiqqa duchor bo‘lgan VK'dan farqli o‘laroq, Telegram hech qachon, biror bir narxga sotilmaydi.

WhatsApp va Skype oxir-oqibat sotib yuborilgan bo‘lsa ham, Pavel Durov "Silikon vodiysi"dagi yirik kompaniyalarning Telegram'ni xarid qilish yuzasidan $3 yoki $5 milliard dollarlik takliflarini rad qiladi.

“Telegram, hatto 20 milliard dollarga ham sotilmaydi. Men va foydalanuvchilarim o‘rtasida lafz bor! Bu ma’lumotlarning umrbod kafolati!"

Bitkoyn va soliqlar

Durov 2013 yilda 750 AQSh dollariga bitkoyn valyutasidan xarid qilgan. Bugungi kunda uning raqamli pullarining qiymati 35 million AQSh dollariga yetgan. Shuningdek, Durov Karib dengizidagi Sent-Kits va Nevis orollarining fuqarosiga aylanish uchun ham bu davlatga katta sarmoya kiritgan.

Internet-magnatning aytishicha, u bitkoynlarni "virtual oltin" deb biladi va bu borada ijobiy fikrda.

Durov soliqlardan ozod hudud bo‘lgani sababli ham Dubaydan qo‘nim topganini aytadi. Soliqlar inson imkoniyatlarini chegaralaydi. Buni aksariyat g‘arbliklar tushunmaydilar. Topganingni yarmini soliq uchun to‘lash sen hayotingni 180 kunini davlat uchun sarf qilayotganingni anglatadi. Men bu tejalgan pullarni jamiyatni boshqa tarafdan rivojlantirishga yo‘naltirishimga ishonaman.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!