Pavel Durov o'z messenjerida dislayklar bilan "siylandi"

Pavel Durov o'z messenjerida dislayklar bilan

Telegram messenjeri rahbari, Pavel Durov o'z kanaliga yangi post joyladi, lekin u o'quvchilar tomonidan ijobiy qabul qilinmadi.

O'zining yangi postida, Durov, yaqinda TON jamoasi tomonidan o'tkazilgan .ton domenlari auksionini muvaffaqiyatidan hayratda qolganini aytib, kelajakda Telegram'da ham foydalanuvchi ismlarini ana shunday auksionga qo'yilishini ma'lum qildi.

Agar TON shunday natijaga erishgan bo'lsa, @ yuzerneymlar, guruh va kanal havolalarini auksionga qo'ysak, Telegram o'zining 700 million foydalanuvchilari bilan qanday muvaffaqiyatga erishishi mumkinligini tasavvur qilib ko'ring. @storm yoki @royal kabi millionlab jozibali t.me manzillari bilan barcha to'rt harfli yuzerneymlar (@bank, @club, @game, @gift va boshqalar) sotuvga qo'yilishi mumkin" deydi Telegram rahbari.

Shuningdek, Durovning ta'kidlashicha, bu foydalanuvchi nomi egalariga ularni manfaatdor tomonlarga o'tkazish mumkin bo'lgan yangi platformani yaratadi va bunda egalik huquqi blokcheynda NFT'ga o'xshash smart-kontraktlar orqali ta'minlanadi. Bundan tashqari, kelajakda nafaqat yuzerneymlar, balki, Telegram ekotizimining boshqa elementlari: stiker va emojilar bilan birgalikda kanallar ham ushbu savdo bozorning bir qismi bo'lishi mumkin.

So'z oxirida Pavel Durov yaqin haftalarda Telegram'ga mana shunday Web 3.0 xususiyatlari qo'shilishini ma'lum qildi.

Biroq, bu xabarni ko'pchillik o'quvchilar ijobiy qabul qilishmadi va Durovning postiga dislayk bilan reaksiya berishdi. Qisqa vaqt ichida 6 mingdan ortiq layklar bilan 20 yaqin dislaykar yig'ildi va bu kutilmagan munosabatdan keyin Durov o'z kanalida reaksiyalarni o'chirib qo'ydi.

O'QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (33 hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!