Pavel Durov Telegram’dagi to‘lovlar anonsini berdi

Pavel Durov Telegram’dagi to‘lovlar anonsini berdi

Telegram asoschisi Pavel Durov 26 aprel kuni messenjerda paydo bo‘ladigan yangi funksiyalar qoralamalarini ko‘rsatdi. Bular orasida to‘lovlarni amalga oshirish, videoxabarlar va Telescope servisi uchun platformalar bor, deb xabar beradi Daryo.uz.

Durov Instagram’dagi sahifasida yangiliklarni keltirib o‘tdi. U taklif etilayotgan o‘zgarishlar aks etgan matnli hujjat suratini taqdim etdi.

Hujjatda aytilishicha, pul o‘tkazmalari platformasi yordamida foydalanuvchilar Telegram ichida botlar orqali xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshira oladi. Buning uchun tovar yoki xizmatni buyurtma qilish yoki to‘lash uchun maxsus tugma joriy qilinadi.

Foydalanuvchi karta ma’lumotlarini kiritib, to‘lovni tasdiqlaganidan so‘ng karta avtomatik tarzda ilgari xaridlar amalga oshirilgan botlarga bog‘lanadi.

Barcha to‘lovlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanuvchidan bot egasiga boradi, messenjer shartnomalar uchun xizmat haqi undirmaydi. Shuningdek, messenjer jamoasi bank kartalari ma’lumotlarini saqlamaydi, shu bois servis foydalanuvchilarning pulni qaytarish haqidagi shikoyatlarni qabul qilmaydi. Ammo Telegram moderatsiya bilan shug‘ullanadi.

«Biz har bir sherif qiladigan ishni qilamiz — yomon botlarni o‘ldiramiz, yaxshilarini belgi bilan mukofotlaymiz», — deyiladi hujjatda.

Shuningdek, messenjerda videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi paydo bo‘ladi. Telescope servisi haqida esa hech qanday ma’lumot yo‘q.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!