Pavel Durov: «Telegram pul ishlashni boshlaydi, lekin xizmatlari bepul bo‘lib qoladi!»

  •   DiMaX
  •  1826
  •  24.12.2020 12:03

Pavel Durov: «Telegram pul ishlashni boshlaydi, lekin xizmatlari bepul bo‘lib qoladi!»

Telegram messenjeri kuni kecha 7.3 talqinida taqdim etilgan edi. Shuningdek, Pavel Durov messenjerni rivojlantirish haqida rasmiy post chiqardi; uning Telegram Uzbekistan tomonidan o‘zbekchaga o‘girilgan talqini bilan quyida tanishamiz.

O‘QING: Prezident xalqqa o‘z Telegram va WhatsApp raqamlarini berdi: «Meni ham guruhingizga qo‘shib qo‘ying!»

Telegram 500 million faol foydalanuvchi belgisiga yaqinlashganda, ko‘pchilikda savol tug‘dirmoqda: bu o‘sishni kim to‘laydi? Axir, foydalanuvchilar qancha ko‘p bo‘lsa, serverlar va trafik uchun xarajatlar ham ko‘proq bo‘laveradi. Bizning miqyosdagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yiliga yuz millionlab dollar turadi.

Telegram’ning tarixining aksariyat qismida Telegram to‘lovlarini men shaxsiy mablag‘larim hisobidan to‘laganman. Ammo hozirgi o‘sish sur’atlarida Telegram milliardlab faol foydalanuvchilarga va tegishli xarajatlarga erishish yo‘lida.

Texnologik kompaniya bunday hajmga yetganida, uning oldida faqat ikkita yo‘l mavjud bo‘ladi: xarajatlarni qoplash uchun pul ishlashni boshlash yoki bozorning kattaroq o‘yinchiga sotilish.

Shuning uchun savol tug‘ilishi tabiiy — biz nima qilamiz? Rejalarimizga bir nechta bandlarda oydinlik kiritaman.

  1. Biz WhatsApp asoschilari kabi kompaniyani sotmoqchi emasmiz.

Telegram foydalanuvchilarga huquqlarini hurmat qiladigan va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatadigan mustaqil loyiha sifatida dunyoga kerak. Telegram buyog‘iga ham mukammallik va benuqsonlikka intiladigan texnologik kompaniyasi namunasi bo‘lib xizmat qilishi kerak. Buni esa, o‘tmishdoshlarimizning qayg‘uli misollari ko‘rsatayotganidek, katta korporatsiya tarkibida amalga oshirib bo‘lmaydi.

  1. Telegram hali uzoq vaqt yashaydi.

Biz 8 yildan ko‘proq vaqt oldin Telegram’ni dastlab o‘z shaxsiy foydalanishimiz uchun mahsulot sifatida ishlab chiqishni boshladik. O‘shandan beri biz uzoq yo‘lni bosib o‘tdik. Telegram aloqaning bir qator jihatlarida — shifrlashda, funksionallikda, soddaligida, dizaynida, tezligida mumkin bo‘lgan chegaralarni kengaytirdi. Ammo bu faqat boshlanish. Biz dunyoga yana ko‘p narsalarni olib kelishimiz mumkin va kerak.

  1. 1 va 2-bandlarni bajarish uchun Telegram keyingi yildan pul ishlashni boshlaydi.

Bunda biz o‘tmishda bergan qadriyatlarimiz va kafolatlarimizga sodiq qolamiz. Yetib olingan ko‘lam tufayli biz Telegram’dan xiraliksiz pul ishlashimiz mumkin — aksariyat foydalanuvchilar jiddiy o‘zgarishlarni sezmaydilar ham.

  1. Hozirgi barcha Telegram xizmatlari bepul bo‘lib qoladi.

Ularga qo‘shimcha ravishda biz biznes-jamoalar va rivojlangan ehtiyojlarga ega foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha funksiyalarni taklif etamiz. Ushbu yangi funksiyalarning ba’zilari bizdan katta resurslarni talab qiladi va natijada pullik bo‘ladi. Oddiy foydalanuvchilar doimo Telegramdan bepul foydalanadilar.

  1. Telegram’da xabar almashish barcha xizmatlari reklamasiz qoladi.

Shaxsiy va guruh chatlarda reklama ko‘rsatilishi nojoiz deb hisoblaymiz. Odamlar o‘rtasidagi aloqa reklamaga chalg‘imasligi kerak.

  1. Telegram’da xabar almashish bilan bir qatorda ijtimoiy tarmoq tarkibiy qismi ham mavjud.

«Birdan ko‘pga» eshittirish tamoyili asosida qurilgan Telegram ommaviy kanallari millionlab obunachilarni qamray oladi va an’anaviy xabar almashish bilan umumiy jihatlari deyarli yo‘q. Ko‘p mamlakatlarda kanal egalari o‘z obunachilariga, ba’zida uchinchi tomon reklama platformalari orqali reklama ko‘rsatib pul ishlashadi. Ular joylashtiradigan reklama odatdagi xabarlarga o‘xshaydi va ko‘pincha xiralik hususiyatga ega bo‘ladi. Shu munosabat bilan biz foydalanuvchilarga qulaylik va maxfiylikni ta’minlaydigan hamda bizga serverlar va trafik xarajatlarini qoplashga imkon beradigan kanallar uchun o‘z reklama platformamizni taklif qilamiz.

  1. Telegram orqali pul ishlash nafaqat bizga, balki butun jamoatchilikka foyda keltirishi kerak.

Masalan, ommabop ommaviy kanallar reklama platformasi orqali monetizatsiya qilinadigan bo‘lsa, ushbu kanal egalari qamrovga qarab bepul trafikni olishadi. Yoki, agar hozirgi bepul stikerlardan tashqari, yaxshilangan xususiyatlarga ega pullik stikerlar mavjud bo‘lsa, ushbu stikerlar rassomlari daromadning bir qismini ham olishadi. Biz Telegram’dagi kontenti yaratuvchilari va tadbirkorlar barcha foydalanuvchilarimizni yaxshilangan xizmat ko‘rsatish orqali boyitib, rivojlanib borishini istaymiz.

Telegram yo‘lini mana shunday ko‘ramiz.

Bu bizga ko‘plab yangi xususiyatlarni joriy etish va kelgusi o‘n yilliklarda milliardlab yangi foydalanuvchilarni kutib olish imkoniyatini beradi. Ushbu yondashuv mustaqil bo‘lib qolib, qadriyatlarimizni saqlab qolishimizga va dunyoga yangi turdagi texnologik kompaniya namunasini taqdim etishga imkon beradi.

Pavel Durov, 2020 yil 23 dekabr.

O‘QING: «Telegram malikasi» bilan tanishamiz! (+video)