Pavel Durov Telegramga qariyb 30 mlrd $ “joylamoqchi”

Pavel Durov Telegramga qariyb 30 mlrd $ “joylamoqchi”

2019 yilning oxiriga borib Telegram kriptovalyutasi 29,5 mlrd dollarga yetishi mumkin. Mutaxassislarning bu bahosi investorlar uchun taqdim etiladi.

Telegram Open Network (TON) blokcheyn-platformasidagi Gram tokenlarining dastlabki emissiyasi bahosi HASH Crypto Investment Bank “kriptoinvestbank”ining hisobotida qayd etiladi. Hisobot 2018 yilning oktyabrida tuzilgan. Unda 2019 yil yakuniga borib bir Gram narxi 5,9 dollarni tashkil etishi keltirilgan. Agar bu amalga oshsa, Durovning kriptopullarining to‘la kapitalizatsiyasi 29,5 mlrd dollarga yetishini The Bell nashri keltirdi.

Biroq Gram’ning bahosi 5,9 dollarga yetishiga ishonqiramay qaraydiganlar ham bor. Tilga olingan hisobot mualliflaridan biri, HASH CIB katta tahlilchisi Rustam Botashev baholash uslubini tushuntirish mobaynida kriptovalyutani qanday baholashni, hozircha, dunyoda hech kim bilmasligini tan oldi. Ayni vaqtda HASH CIB o‘z uslubini taklif etdi. Olingan qiymatni adolatli yoki ko‘zlangan baho emas, “ratsional tarmoq bahosi” deb qaragan afzalroq.

O‘qing: Telegramning kelajagi qanday? Joriy yilda u o‘z kriptovalyutasiga ega ulkan biznes maydoniga aylanadimi?

Aytib o‘tish kerakki, 2017 yilda Telegram byudjeti 70 mln dollarni tashkil etdi. 2018 yilda ICOgacha 100 mln dollar ajratish rejalashtirilgan (ICO bu kriptovalyuta bo‘lib, uni muayyan miqdorda sotish orqali investor jalb qilinadi). 2019 yilda 130 mln, 2020 yilda esa 170 mln dollar ajratiladi. 2018 yildagi ikki yopiq raundda ICO kompaniyaga yuzdan ortiq investorlardan 1,7 mlrd dollar mablag‘ keltirdi.

Avvalroq Telegram mart oyidayoq kriptovalyutani muomalaga kiritmoqchi ekanligini yozgandik. Ammo bu muddat yanayam surilishi mumkin. Durov esa oy davomida loyihaning yirik investorlari bilan uchrashishni rejalashtirgan.

Qizig‘i shundaki, tavakkalchi Pavel Durov agar 2019 yilning oktyabrigacha blokcheyn-platformani ishga tushira olmasa, investorlarga pulini qaytarib bermoqchi.

(foto: delovoe.info)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!