Pavel Durov yana "Olma"ga tosh otmoqda

Pavel Durov yana

Telegram asoschisi, Pavel Durov, yana Apple'ni tanqid qildi. Bu safar, Durovning so'zlariga ko'ra, kupertinolik kompaniya sabab Telegram'ning navbatdagi yangilanishi kechikmoqda.

O'z ishini yaxshi ko'rishini va yuz millionlab odamlarning muloqot qilish usulini yaxshilashlari sabab jamoadagilari bilan birgalikda dunyodagi eng baxtli odamlarning biri ekanligini aytib gap boshlagan Durov, ularni faqat bitta narsa, texno-monopoliya kompaniyalar tomonida qo'yilgan "ko'rib chiqish" jarayoni tushkunlikka tushiradi va ko'pincha, aynan shu sabab Telegram'ning yangi versiyasi tarqatilmay, to'xtab turadi.

"Masalan, odamlar xabar almashishda o'zlarini qanday ifodalashini inqilobga aylantiradigan navbatdagi yangilanish Apple tomonidan hech qanday tushuntirishsiz va hech qanday fikr-mulohazalarsiz ikki haftadan beri "ko'rib chiqish" jarayonida qotib turibdi.

Agar dunyodagi top 10 ilovalarning biri bo'lgan Telegram'ga shunday muomala qilinayotgan bo'lsa, kichikroq ilova ishlab chiquvchilari qanday qiyinchiliklarga duch kelishini tasavvur qilish mumkin. Bu shunchaki tushkunlikka tushish emas: bu butun dunyo bo'ylab yuz minglab mobil ilovalarning bevosita moliyaviy yo'qotishlariga sabab bo'ladi." deydi Pavel Durov.

Aslida ilova egalaridan Google va Apple tomonidan olinadigan 30 foizlik soliq, mana shunday ko'rib chiqish jarayonlari uchun sarflanadigan resurslarga to'lanadi. Durovning ta'kidlashicha, Yevropa Ittifoqi va boshqa joylardagi regulyatorlar asta-sekin bunday haqoratli amaliyotni ko'rib chiqishni boshlashgan. Biroq, Apple tomonidan allaqachon texnologiya sanotiga yetkazilgan iqtisodiy zararni qaytarib bo'lmaydi.

O'QING: Qanday qilib kompyuterda Instagram uchun qorong‘i rejimni yoqish mumkin?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.