PDAF nima?

PDAF nima?

PDAF (kengaytmasi — Phase Detection Auto-Focus) kamera texnologiyasi bo‘lib, fazani aniqlovchi avto-fokus hisoblanadi. PDAF kameraning maxsus yorug‘lik datchiklari jamlanmasidan foydalangan holda tasvir qanchalik darajada fokusdan tashqari ekanini aniqlaydi. Natijada, ob’yektiv tez va aniq ravishda fokus oladi.

Professional kamerada oynasimon moslama ob’yektivga tushayotgan yorug‘likning bir qismini PDAF datchiklariga yo‘naltiradi. Ammo smartfonda buning imkoni yo‘q.

Smartfonda PDAF'ning o‘rnini fokus piksellari bajaradi. Fokus piksellari asosiy kamera piksellarining bir qismini tashkil qilib, tasvir olishga emas, balki fokus olishga mo‘ljallangan bo‘ladi.

Fokus piksellari juft bo‘ladi. Har bir jutftlikda piksellar yonma-yon joylashadi. Juftlikdagi ikkala piksel bir xil miqdorda yorug‘lik qabul qilsa, demak, fokus olingan bo‘ladi. Agar yonma-yon pikselga turlicha miqdorda yorug‘lik tushsa, demak, ob’yekt fokusga olinmagan bo‘ladi. Yorug‘lik o‘rtasidagi tafovut ob’yekt qanchalik darajada fokusdan tashqarida ekanini aniqlab beradi. Ushbu ma’lumotdan foydalanib, kamera fokusni sozlaydi, tasvir tiniq chiqadi.

PDAF'ga muqobil tizim Kontrastni aniqlovchi avto-fokus (CDAF) hisoblanadi. Hozirgi zamonaviy flagman smartfonlarda ham PDAF, ham CDAF bo‘ladi. Bu gibrid fokus tizimi deb ataladi.

PDAF tizimi CDAF'dan ko‘ra tezroq ishlab, fokusni tezkorlik bilan aniqlaydi va ob’yektivni kerakli nuqtaga yo‘naltiradi.

O‘QING: Megapiksel nima?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!