PDF-faylni Word’ga o‘girishning 15 ta bepul usuli

  •   DiMaX
  •  30054
  •  24.02.2020 17:16

PDF-faylni Word’ga o‘girishning 15 ta bepul usuli

Ko‘pincha internetdan olingan kitob, qo‘llanma yoki boshqa matnli hujjatlar PDF formatida bo‘ladi. Ularni o‘zimiz o‘rgangan Word-faylga o‘girish orqali keyinchalik matnlarini o‘zgartirish, ulardan nusxa olish imkoni paydo bo‘ladi.

O‘QING: Endi Word, Excel va PowerPoint bitta ilovada

Quyida shuning bepul usullarini bayon etamiz, ammo bir jihatiga e’tibor bering: mazkur jihozlar konverter hisoblanadi. Ya’ni, ular hujjatning formatini o‘zgartiradi, ammo rasm holidagi matnni tanib – «o‘qib» olishga qodir emas. Bu yerda keltirilayotgan usullarda o‘girib olingan Word-fayldagi matnni tahrirlash imkoni bo‘lishi uchun, dastlabki PDF-faylning o‘zida matn qatlami bo‘lishi lozim.

Demak, PDF-faylni ikki xil tarzda – internet orqali (onlayn rejimda) hamda internetga ulanmasdan, kompyuterning o‘zida (offlayn rejimda) Word‑faylga konvertatsiya qilish mumkin.

O‘QING: Talabaga kerak bo‘lgan 9 bepul ilova

PDF-faylni onlayn rejimda Wordfaylga o‘girish

Eng osoni – brauzerning o‘zidayoq konvertatsiya qilish bo‘lib, mazkur xizmatni bepul taklif etuvchi saytlar mavjud. Ularning barchasi deyarli bir xil ishlaydi: saytni ochasiz, PDF-hujjatni brauzer oynasiga tashlaysiz va konvertatsiya tugmachasini bosasiz. Shundan so‘ng tayyor bo‘lgan Microsoft Word formatli faylni ko‘chirib olaverasiz.

Demak, quyidagi ro‘yxatda keltirilgan saytlarning nomiga o‘rnatilgan havola orqali o‘tib, buni o‘zingiz sinab ko‘rishingiz mumkin:

  1. PDF to DOC
  2. PDF.io
  3. PDF Online
  4. Soda PDF Online
  5. PDFCandy
  6. Convertio
  7. Free PDF Convert
  8. PDF 2 GO
  9. iLovePDF
  10. PDF to Word
  11. Online-Convert
  12. PDF 2 Word
  13. PDF24 Tools

O‘QING: Android-smartfonlar uchun internetsiz ishlovchi o‘nta bepul yangi o‘yin

Internetsiz vaziyatda PDF-faylni Wordfaylga o‘girish

Agarda sizda PDF-faylni Word’ga o‘tkazish zarurati ko‘p bo‘lsa-yu, internetdan foydalanish imkoningiz bemalol bo‘lmasa, u holda quyidagi dasturlardan birini kompyuteringizga o‘rnatib olganingiz ma’qul:

  1. Sejda PDF

Ushbu bepul dastur Windows, macOS hamda Linux platformalarida ishlaydi. Uni mana bu havola orqali rasmiy saytidan o‘rnatib olgach, bosh ekranida Convert PDF to Word’ni tanlaysiz. Keyin uning ish hududiga kerakli PDF-faylni tashlaysiz va konvertatsiya tugmachasini bosasiz.

Sejda PDF bepul ekanligi qulay, albatta, ammo o‘ziga yarasha cheklovlari ham bor. Unda jami 200 sahifadan, hajmi 50 megabaytdan oshmagan PDF‑faylnigina o‘girish mumkin. Shuningdek, bu dasturda kuniga jami uch martagacha konvertatsiya qilish imkoni bor, xolos.

O‘QING: Microsoft’ning «aqlli» tarjimoni endi internetsiz ham ishlaydi

  1. UniPDF

Mazkur ilova faqatgina Windows tizimida ishlaydi va uni ushbu havola orqali o‘rnatib olish mumkin. UniPDF xizmatidan foydalanish uchun PDF-faylni shunchaki mana shu dasturda ochasiz, yakuniy format sifatida Word’ni tanlaysiz va «Konvertirovat» tugmachasini bosasiz.

UniPDF’ning bepul versiyasi ham kuniga uchtagacha faylni Word’ga o‘girib bera oladi.

O‘QING: Windows 10 o‘rnatgandan so‘ng qilish shart bo‘lgan 7 ish

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!