Pentagon dronlarga qarshi qurashishning yangi usulini yaratmoqda

  •   Saroy
  •  873
  •  14.08.2018 10:59

Pentagon dronlarga qarshi qurashishning yangi usulini yaratmoqda

Dronlarga qarshi endi mikroto‘lqinli zambaraklar yordamida kurash olib boriladi.

Dronlarga qarshi kurashuvchi qurollarni ishlab chiqarish bilan Lockheed Martin firmasi shug‘ullanadi. Mazkur kompaniya bundan avvalroq ham shunga o‘xshash qurol yaratgandi: SHiELD nomi bilan ataladigan ushbu tizim raketalarga qarshi kurashga mo‘ljallangan edi. Dronlarga qarshi kurashda qo‘llaniladigan yangi zambaraklar samolyot va vertolyotlarga o‘rnatiladi. Ular dushman dronlarini mikroto‘lqinli nur bilan ishdan chiqaradi.

O‘QING:XXI asr suiqasdi: «dron-qotil» davri boshlandimi?

Ekspertlarning ta’kidlashicha, yangi qurolni ishlab chiqarish haqidagi yakuniy qaror yaqinda Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga  suiqasd  uyushtirilgandan keyin qabul qilindi.  Albatta, Venesuela davlati rahbariga hujum juda oddiy usulda amalga oshirilgandi, shu bois prezident soqchilarining o‘zlari dronni miltiq yordamida bartaraf qila olishdi. Lekin yanada murakkab, tezkor va chaqqon dron bilan bunaqa yo‘l tutib bo‘lmaydi.

Dronlarga qarshi kurashning yangi uslublarini yaratish Pentagon oldida turgan dolzarb vazifalardan biri sanaladi.  Chunki jangovar dronlarning nisbatan oddiyligi va arzonligi tufayli, u tez tarqalmoqda. Shu bois ularga qarshi eskicha. qoloq usullar bilan kurashib bo‘lmaydi,  deyiladi xabarda.

O‘QING:Dronlarni to‘xtatib qolgan bojxonachilar hayratga tushishdi

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.