Pentakamera va «tungi nigoh»li, «o‘ldirib bo‘lmas» ilk 5G-smartfon chiqdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1060
  •  16.02.2021 17:12

Pentakamera va «tungi nigoh»li, «o‘ldirib bo‘lmas» ilk 5G-smartfon chiqdi! (+video)

Ulefone kompaniyasi o‘tgan yili dunyodagi birinchi «o‘lmas» 5G-smartfon – Armor 10 5G modelini namoyish qilgan edi. Ishlab chiqaruvchi endi uning davomchisi – Ulefone Armor 11 5G telefonini taqdim qildi.

O‘QING: 200 dollarlik bu «o‘lmas» smartfonni bir oyda ikki martagina quvvatlash kifoya! (+video)

Yangi smartfon besh modulli kameraga ega, unda asosiy datchik sifatida 48 megapiksellik Sony IMX582 qo‘llangan. Kamera jamlanmasiga 20 megapiksellik tungi s’yomka sensori ham kiradi. Old kamera aniqligi esa 16 megapikselni tashkil etadi.

Ulefone Armor 11 5G yakka kristalli MediaTek Dimensity 800 5G protsessori bazasida yaratilgan bo‘lib, 8/256 gigabaytlik tezkor/doimiy xotiraga ega. Qurilmaning ekrani o‘lchami 6,1 dyuymga teng, 5200 mA/soatlik akkumulyatori esa 10 vattlik usulda zaryad ola biladi. Namoyish paytida smartyon Android 10 operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlamoqda, lekin kompaniya uni tez orada Android 11 talqinigacha yangilashga va’da beryapti.

O‘QING: TOP-15: Rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar

Armor 11 5G smartfoni kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC chipi bilan jihozlangan va Google Pay tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Unda tizimni qulfdan chiqarish uchun daktiloskopik datchik hamda egasini yuzidan tanish tizimi mavjud.

Smartfon korpusi IP68/IP69K standartlaridagi himoyadan tashqari, AQShning harbiy MIL-STD-810G standarti talablariga ham javob beradi. Ulefone Armor 11 5G narxi hozircha ma’lum qilinmayapti.

O‘QING: OUKITEL F150 chiqdi: 8000 mAs batareyali, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon – atigi 110 dollar! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!