«Periskop» kamerali Galaxy Note 20+ yangi suratlar va videoda

  •   DiMaX
  •  1365
  •  25.05.2020 08:24

«Periskop» kamerali Galaxy Note 20+ yangi suratlar va videoda

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 20 turkumidagi fabletlarini yozda taqdim etadi, ammo ularning protsessori, kameralari va akkumulyatori kabi xususiyatlari ma’lum. Kompaniya hatto «yashirin kamera»li Galaxy Note 20’ni endi «jonli» videoda ko‘rsatgan ham!

O‘QING: Samsung Galaxy Note20'larning iPhone 12'larni yer tishlatadigan jihati nima bo‘lishini bilasizmi?

Mashhur insayder OnLeaks o‘z manbalariga tayanib, Galaxy Note 20+ modelining sifatli render suratlarini hamda videosini yaratdi.

Ko‘rib turganingizdek, uning dizayni bir vaqtning o‘zida Galaxy Note 10 turkumi vakillariga ham, Galaxy S20 flagmanlariga ham o‘xshab ketadi. Ya’ni, korpus shakli va proporsiyalari bulturgi fabletlar kabi bo‘lsa, kamera modullarining ko‘rinishi bu yilgi flagman smartfonlaridan olingan.

Insayderning ta’kidlashicha, Note 20+ o‘lchamlari 165x77,2x7,6 millimetrga teng, ya’ni u Galaxy Note 10+ modelidan kattaroq, ammo Galaxy S20 Ultra superflagmanidan ixchamroq!

O‘QING: Galaxy Note20 Ultra'dan umidingizni uzavering!

Mana, OnLeaks tayyorlagan Galaxy Note 20+ videoni ko‘ramiz:

Galaxy Note 20+ ekrani diagonaliga 6,9 dyuymlik bo‘lib, stilus endi korpusning pastki chap burchagiga ko‘chirilgan. Bosh kamera datchiklaridan biri «periskop» tuzilishiga ega; aftidan, standart Galaxy Note 20 modelida u bo‘lmaydi.

O‘QING: iPhone SE 2’dan qo‘rqqan Samsung eng yangi flagmanlarini 50% chegirma bilan sotyapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!