Philips va Ericsson Los-Anjelesda 4G smart-chiroqlarini o‘rnatmoqda

Philips va Ericsson Los-Anjelesda 4G smart-chiroqlarini o‘rnatmoqda

Philips kompaniyasi Los-Anjeles ko‘chalariga yuzlab SmartPole aqlli-yoritgichlarni o‘rnatmoqda. Kompaniya xabarlariga ko‘ra, qurilma Ericsson`ning 4G LTE ma’lumotlar uzatish texnologiyasini qo‘llay oladi.

Philips`ning qayd etishicha, aqlli chiroqlar Internetga xos bo‘lgan unsurlarga ega. Chiroqlar energiyatejamkor, xavfsiz, qulay va ma’lumotlar uzatish uchun samarali.

Los-Andjeles shahri meri Erik Garsettining ma’lumotiga ko‘ra, ko‘chaning umumiy masofasi 12 000 km va bu yerga mamlakatning boshqa shaharlariga nisbatan ko‘proq svetodiod qurilmalari o‘rnatilgan. Kelajakda yaratilajak o‘ziga xos infrastruktura Los-Anjelesni davlat va nodavlat kompaniyalari mustahkam aloqa o‘rnatgan namunaviy shaharga aylantiradi, deb qo‘shimcha qiladi mer.

Ma’lum bo‘lishicha, aqlli chiroqlar optik-tolali tizimga birlashadi va asosiy tarmoqqa bog‘lanadi. SmartPole eng yaxshi vaziyatni tanlaydi, signal yo‘qolishlarning qisqarishiga yordam beradi, ma’lumotlar uzatish ko‘lamini kengaytiradi.

Avvalroq Los-Anjelesda shahar ko‘chalarini intelektual boshqaruv tizimi asosida yoritishda Philips CityTouch texnologiyasidan foydalanishni kengaytirgandi. Natijada LED-yoritgichlar ko‘magi bilan shaharning aynan shu tizimdagi xarajatlari 20 % foizga kamaygan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!