Philips va Xiaomi hamkorlikda aqlli lampalar yaratadi

Philips va Xiaomi hamkorlikda aqlli lampalar yaratadi

Niderlandiyaning Philips kompaniyasi Xiaomi bilan hamkorlikda aqlli lampalar yaratishga kelishib oldi. Yangi aqlli lampalar Xiaomi taqdim qiladigan “aqlli uy” texnologiyasining bir qismi sifatida tizimga qo‘shilishi ma’lum qilingan.

Philips kompaniyasining rasmiy saytida yozilishicha, yangi lampalarni smartfondagi maxsus ilova orqali boshqarish mumkin bo‘ladi. Lampalar xitoylik gigantning savdo tarmoqlari orqali sotiladi.

72898993c

Garchi ikki yirik firma bu boradagi hamkorlik to‘g‘risida endi e’lon qilgan bo‘lsa-da, biroq ular shu yilning sentyabr oyida Philips Eyecare nomli LED lampani namoyish etishgandi. Mazkur aqlli lampa istalgan tomonga burilishi, yorqinlikni foydalanuvchining holatiga qarab yo‘naltirishi bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortgan. Ushbu lampaga Wi-Fi modul o‘rnatilgan bo‘lib, uni smartfon orqali sozlash mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!