Philips xurrakka qarshi innovatsion belbog‘ tayyorladi

  •   DiMaX
  •  463
  •  01.05.2019 12:28

Philips xurrakka qarshi innovatsion belbog‘ tayyorladi

Xurrak kishining o‘ziga ham, atrofdagilarga ham salbiy ta’sir etishi aniq, shu boisdan mediklar xurrakka qarshi professional jihozlar taklif etishgan. Ammo ixtirochilar va turli kompaniyalar keng iste’molchilar ommasi bemalol foydalansa bo‘ladigan gadjetlar ustida ishlamoqdalar.

O‘QING: Xurrakdan saqlovchi va to‘yib uxlashga yordam beruvchi «aqlli» quloqchin taqdim etildi (+video)

Joriy yilning 6–11 sentyabr kunlari Berlin shahrida Xalqaro iste’molchilar elektronikasi ko‘rgazmasi – IFA 2019 bo‘lib o‘tadi. Andalusiyada esa ushbu tadbirga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Philips kompaniyasi unda qiziqarli devays – xurrakning oldini oluvchi belbog‘ namoyish etdi.

Philips’ning «antixurrak» belbog‘i kishining holatini nazorat qilib turadi va chalqancha yotishiga yo‘l qo‘ymaydi. Zero, aynan shunaqa holatda yotish xurrakka ko‘proq olib keladi. Agarda kishi shunaqasiga yotib qolsa, Philips belbog‘i yengil titrash – vibratsiya orqali uni boshqa holatda (masalan – yonboshlab) yotishga majbur qiladi.

Garchi uyg‘otib yubormasa-da, xurrakka qarshi belbog‘ – anchagina «qaysar» matoh: toki egasi uyqu holatini o‘zgartirmagunicha tinchimaydi. Zamonaviy texnologiyalar ushbu gadjetga titrashlar davomiyligini mustaqil tarzda sozlash imkonini beradi.

O‘QING: Mark Sukerberg xotiniga innovatsion «uyqu yashigi» yasab berdi: natijadan o‘zi ham hayratda!